So’nggi yangiliklar

03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  1 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  0 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  3 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  18 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  7 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  1 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  2 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1 21:36Роналду Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчисига бериладиган Globe Soccer Awards мукофотини олди  17 21:05"Реал" "Ливерпуль"ни расман огоҳ этди  8 20:34Феликс Туркияга йўл олиши мумкин?  0 20:04Аморим: "МЮ мураббийи ҳеч қачон ўзини хавфсиз ҳис қила олмайди"  1 19:37Расман: "Насаф"дан илк "юриш", Умарбек Эшмуродов қайтди  14

Intervyu. Jafar Irismetov "Spartak", "Bavariya"ga yo'llagan zarbasi va boshqalar haqida Yangiliklar

Intervyu. Jafar Irismetov "Spartak", "Bavariya"ga yo'llagan zarbasi va boshqalar haqida

O'zbekistonlik sobiq hujumchi Jafar Irismetov Rossiyaning championat.com nashriga intervyu berdi. Quyida ushbu intervyuni o'qish mumkin.

2001 yilda Jafar Irismetov Spartakka Osiyoning eng qobiliyatli futbolchisi sifatida kelgandi. Biroq Moskvada o'z imkoniyatlarini yorqin namoyish eta olmadi. O'zbekistonlik futbolchi "qizil-oq"lar safida o'ynab keta olmadi, ammo Spartak bilan oxirgi marta chempionlikka erishgan edi.

Ikki oy oldin Irismetov O'zbekiston oliy ligasining Obod klubini qabul qilib oldi. Hozircha bu klub xavfli zonada bormoqda, biroq murabbiylar ham, futbolchilar ham oliy ligada qolishga ishonishmoqda. Biz sobiq hujumchi bilan Romancev, Spartak, Bavariya darvozasiga yo'llangan o'sha mashhur zarba haqida gaplashdik.

- Jafar, Spartak safida kam o'ynagansiz, ammo chempion bo'lgansiz. O'sha paytlarni qanday eslaysiz?

- O'sha paytda avlodlar almashinuvi sodir bo'lgandi. Yulduzlar asta-sekin so'na boshlashgan, ularning o'rniga g'alati legionerlarni sotib olish boshlangandi. Spartakni tark etganimdan so'ng xorijlik futbolchilarni qaerdan topishganiga xayron bo'lardim? Bu borada menga Zenit yoqadi. O'z transferlaridan pul topadi, ularni reklama qiladi. Spartak esa legionerlarni sotib oladi, keyin tekinga qo'yib yuboradi. Bu nimasi?

- Sizni ham kimdir g'alati legioner deb atagan...

- Menga shunchaki ikkinchi imkoniyatni berishmagan. Kavenagini kamida bir yil o'ynab ketishini kutishgandi. Unga imkoniyat berishgandi va o'zini ko'rsatgandi. Meni esa darhol chetga chiqarib qo'yishgandi.

- Spartakka qanday o'tgandingiz?

- Men O'zbekistonda ko'p gol urardim. Ayniqsa 2000 yil omadli chiqqan. Do'stlik safida 37ta o'yinda 45ta gol urgandim. O'shanda murabbiyimizga Romancevning yordamichsi Vyacheslav Grozniy telefon qilgandi. Menga Spartakda o'zimni sinab ko'rish imkoniyati paydo bo'ldi. Rossiyadan takliflar ko'p edi, ammo o'zingiz tushunasiz: Spartak, chempion, afsonaviy klub...


- Yangi maosh.
- Spartak safida MDH kubogiga kelganimda va gollar ura boshlaganimda hali shartnoma tuzmagan edim. O'shanda Kievning Dinamo klubidan taklif bo'lgandi.

- Ajoyib maosh bilanmi?

- U erdagilar menga Spartakdagidan ikki baravar ko'p maosh taklif qilishgandi. Ammo Do'stlikdagi vakilimiz SHikunov (Spartak texnik direktori) bilan kelishuvimiz borligini aytgandi.

- Spartak sizga uy berganmidi yoki bazada yasharmidingiz?

- O'shanda oilali edim, shu bois kvartira ijaraga oldim. Ko'tarma puli sifatida keyinroq klub uy olib berishini malum qilgandi.

- Romancev bilan ilk uchrashuvni eslaysizmi?

- Isroildagi yig'inga Grozniy taklif qilgandi. Keldim, forma berishdi. Birinchi mashg'ulot. Jimgina mashg'ulot o'tkazdim, barcha bilan birga shug'ullandim. Mashg'ulotdan keyin ikkiga bo'linib futbol o'ynadik va men to'rtta gol urdim. Romancev meni yoniga chaqirib: Sen kimsan dedi?. O'zbekistonlik Irismetov, - deb javob berdim. Sen chakki emassan.

- Romancev yig'inga kelganingizni xatto bilmaganmidi?

- Balki bilgandir. Balki, shunchaki tanishmoqchi bo'lgandir.

- Keyin nima bo'ldi?

- Har bir o'rtoqlik o'yinida gol urdim, o'zimni ko'rsatdim. Moskvaga uchib ketganimizda, aeroportda Romancev yoniga kelib shunday dedi: Xuddi shu ruhda davom et, barchasi yaxshi bo'ladi.

- Rasmiy debyut uchun raqib anoyilardan emasdi – Bavariya...
- Myunxenda asosiy tarkibda maydonga tushdim. 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik, ammo yomon o'ynamagandim. Moskvadagi javob bahsida ham yana asosiy tarkibda edim...

- Ko'pchilik o'sha o'yindagi noaniq zarbangizni eslaydi. Agar o'shanda gol urganingizda Spartakdagi faoliyatingiz butkul boshqacha bo'lishi mumkin edi?

- O'shanda gol urganimda tarixga kirardim. Titov menga yaxshi pas oshirgandi, men o'ng oyog'im bilan zarba berishga urindim, aslida oddiygina chap oyoqni qo'yishim kerak edi. O'sha vaziyatdan so'ng meni darhol almashtirshdi. Albatta, bu ruhiy zarba edi.

- Yomon kayfiyatda edingizmi?
- Men yosh bola emasman, ammo ko'ngil ko'tarish uchun bir-ikki og'iz gap aytish mumkin edi. Istalgan murabbiy shunday qilardi. Bunga qadar ECHL o'yinlarini faqat televizor orqali tomosha qilardim, ilk bor bunday saviyada o'ynadim.

- Keyin Spartak safida bir necha o'yinlarda qatnashdingiz...

- Ammo gol ura olmadim. Mashg'ulotlarda barchasi ajoyib edi, o'yinlarda esa nimadir o'xshamasdi. Meni zaxiraga o'tkazib qo'yishdi. Jurnalistlar Romancev va Grozniydan nega Irismetov maydonga tushmayotganini so'rashardi. Spartakdagilar xuddi o'sha noaniq zarbam tufayli menda ruhiy pasayish borligini aytishardi.

- Bunday holatda emasmidingiz?

- Bunday vaziyatlarda hech qachon jiddiy o'ylamasdim. Barcha qulay vaziyatda gol urib bo'lmadi tushunarliku. Barcha narsa bo'lishi mumkin.

- Romancev bilan gaplashishga urinmaganmisiz?

- Axir u hech kim bilan gaplashmas edi. Men ham nima uchun o'ynamayotganimni so'ragim kelmasdi. Barchasini maydonda isbotlashga urindim. Ammo bir kun chiday olmadim va Romancev bilan gaplashib olishni so'radim.


- Nima dedingiz?
- Vaziyatni tushundirdim, yoshligimni o'ynashni istashimni aytdim. Romancev qisqa javob berdim: Barcha savollar SHikunovga.

- Sizchi?

- Xayron bo'ldim: Nimaga SHikunovga? Asosiy tarkibni siz aniqlaysizku. SHikunovga murojaat qil, sen haqingda barchasini unga aytganman, - deydi Romancev. SHu bilan tamom. Spartakdagi butun faoliyatim davomida bosh murabbiy bilan uch marta suhbatlashgan ekanman. Yig'inda, aeroportda va o'shanda.

- SHikunov nima dedi?

- Meni Evropa CHempionlar ligasi uchun olishganini aytdi. Reklama qilib qimmatroqqa sotishmoqchi bo'lishganini malum qildi. Rossiya chempionatida men ularga kerak emasdim, sababi klub tarbiyalanuvchisi emasdim.

- To'g'ridan-to'g'ri shunday dedimi?

- Agar ishonmasingiz o'zidan so'rab ko'ring.

- Yakunda sizni Belarsuning Slaviya klubiga ijaraga berib yuborishdi.

- Spartak ularning hujumchisi Roman Vasilyukni olmoqchi edi. Meni ushbu transfer ichida ijaraga berishdi.

- Siz rozi bo'ldingizmi? Yoki boshqa variantlar yo'qmidi?

- Belarus chempionati menga qiziq emasdi. Ammo Slaviya o'shanda ECHL saralash bahslarida ishtirok etardi. U erda o'zimni ko'rsatib Evropa klublari etiboriga tushishga umid qildim. Guruh bosqichiga chiqsak nima bo'lardi? Maosh borasida ham yutqazmayotgandim.

- Slaviyada ham kam o'ynadingiz.
- CHempionlar ligasida omadimiz kelmadi. Men Moskvaga qaytdim. Uchib kelgan zahoti meni SHikunov chaqirdi. O'z mashinasiga chaqirdi. Unda Anji vakili o'tirgan ekan. U erga o'tishni taklif qilishdi.

- Rozi bo'ldingizmi?

- Aksincha, oilamni o'ylab Maxachqalada yashashni istamasligimni aytdim. O'sha paytda u erda vaziyat og'ir edi. Ammo SHikunov ochiqchasiga shunday dedi: Anjiga bormasang - o'rinbosarlar safida bo'lasan. Mashg'uot o'tkazishga imkon bermaymiz. SHunda men unga ham qarshi savol berdim: Siz menga uch xonali uy vada qilgandingiz. Qani u? Beringlar, u erda o'tirib takliflarni kutaman. Menga kvartira kerak emasdi - shunchaki unga javob hujumi qildim. SHunda erkin agent sifatida qo'yib yuborishlari mumkin edi. 25 yoshda edim va o'ynashni istardim.

- SHikunov ko'ndimi?

- Yo'q. Meni katta pullar evaziga sotib olishganini va shartnomani bekor qilish haqida gap so'z bo'lishi mumkin emasligini aytdi. Kvartirani ham berishmadi. Kam o'ynaganimni ro'kach qilishdi.

- Baribir qanday qilib Maxachqalada paydo bo'ldingiz? U erga kuch bilan olib borishmagandir
?
- Tanlash kerak edi yoki Spartak o'rinbosarlari yoik Anjida o'ynash. Ikkinchisini tanladim. Bundan tashqari Anji mening maoshimga qo'shimcha tarzda kvartira olib berishini malum qildi.


- Spartakdagi qisqa faoliyatingiz qanday yodda qoldi?
- Titov va Parfyonov elita edi, qolganlar esa qora ishchilar edi. Jamoaviy ruh sezilmasdi. Keldik, mashg'ulot o'tkazdik, hamma uy-uyiga. Balki, meni hech qaerga taklif qilishmagandir (kuladi).

- Ijaraga olgan kvartirada o'tirarmidingiz?
- Yo'q, SHirko, Levickiy kabi yigitlarnida mehmonga borardim. Yana Vasiliy Baranov bilan ko'p gaplashardik, u menga yangi mamlakatda juda ko'p yordam bergan. Yulduzlarga qo'shilish esa qiyin edi (kuladi). Faqat maydonda jamoa bo'lishimiz kerak emasku. Bir kuni meni ham taklif qilishdi – Pisarev o'yindan keyin meni stadion yonidan olib ketishini aytgandi. Ammo o'shanda meni hech kim olib ketmagandi.

- Yomon xotiralar ekanda.
- Balki, xayron qolarsiz, ammo Spartakka o'tganimdan afsuslanmayman. 2008 yilda Moskvada ekanligimda bir yigit kelib menga shunday degandi: Sen Spartakda o'ynagansanku! Bavariya bilan o'yindagi akrobatik zarba esingdami?. Xatto O'zbekistonda ham o'sha vaziyatni eslashadi. Spartakka o'tish har qanaqasiga  men uchun katta reklama bo'lgandi.



- Spartakdagi qaysi legionerlar yodingizda qolgan?

- Tchuyseni eslayman, Spartakdan oldin CHernomorecda birga o'ynagandik, kuchli futbolchi. Mengacha Robson o'ynagandi, u chempionlikka katta xissa qo'shandi. Spartakda ulardan keyin yaxshi saviyadagi legionerlarni ko'rmadim. Mukunkuni sotib olishdi. Menimcha uni shunchaki ustidan kulish uchun xarid qilishgandi. Menimcha u xatto O'zbekiston chempionatida ham o'ynab keta olmasdi.

- Romancev esa uni yaxshi futbolchi deb aytgandi.

- O'shanda Mukunku 19 yoshda edi va 5 nafar bolasi bor edi. Balki, haqiqatdan ham yaxshi bo'lgandir. U bilan ko'p gaplashmagandim. Mukunku ham ko'p gapirmasdi. Boshqa insonlar haqida gapirishni yoqtirmayman, ammo Spartak saviyasiga mos emasdi.

- Spartakda Evropa darajasidagi o'yinchi bormidi?

- To'g'risini aytsam yo'q. O'sha Spartakdan hech kim yuqori saviyada o'ynab keta olmadi. Ammo Anjida Ilya Cymbalar yodimda qolgandi. Bunday mahoratli futbolchini hech qaerda ko'rmagandim. Sergey Semakni hamon eslayman – suyagigacha professional, yuksak inson! Bunday odamlar juda kam. Anjida Budun Budunov bilan do'st edik, u ham ajoyib inson edi.

- Budun Perxun bilan to'qnashuv va uning vafotini eslab turarmidi?

- Bu men Anjiga o'tgunimgacha bo'lgandi, Bu borada u bilan gaplashganman. Uning aytishicha o'sha vaziyatda darvozabonga orqasi bilan turgani va hech nimani ko'rmagan ekan. Har qanday futbolchi bunday baxtsiz hodisadan keyin qiynaladi, ammo menimcha o'sha vaziyat uchun Budunni ayblash noto'g'ri.

- Siz Spartakdan oldin CSKAga o'tishingiz mumkin edi.
- Ha, Dolmatov davrida. CHernomorecda o'ynardim. Esimda u Spartak bilan o'yinda meni darhol asosiy tarkibga qo'ygandi. Qizig'i bu CHernomorecdagi oxirgi o'yini edi. Novogorskda Spartakka qarshi o'yindan keyin u CSKAga ketayotganini aytishdi. Dolmatovdan so'ragandim: Oleg Vasilevich, bu qanaqasi? Siz meni chaqirgandingiz, menga ishongandingiz, endi ketayapsiz. Dolmatov bir kun kelib CSKAga chaqirishga vada bergandi. Gubernator menga maoshimni ko'tarishini aytganidan keyin CHernomorecda qolganman.

- U erda atiga 7ta o'yin o'tkazdingiz.

- Yangi murabbyi Sergey Butenko meni deyarli maydonga tushirmagandi.

- Nima uchun?

- Raqobatchim Sergey Burdin mashg'ulotlarda unga etiroz bildirgandi. O'shanda CHernomorecda murabbiyga o'ynashni istashini aytib etiroz bildirgan bo'lsa kerak. Yaxshi formada bo'lganimga qaramay zaxira o'yinchisiga aylanib qoldim. Yana ona vatanimga qaytdim – bu safar Samarqandning Dinamo klubiga.

- Dolmatov CSKAga chaqirmadimi?

- CHaqirdim, sal keyinroq. Meni Belgiyadagi yig'inga chaqirishdi, xatto viza ham qilib berishdi, ammo so'nggi lahzada Samarqanddagilar meni qo'yib yuborishni istashmadi.

- Nima uchun?

- Qaerdan bilaman? SHunchaki: SHu erda o'ynaysan deyishdi. CSKA sport direktori Aval SHamxanovga qo'ng'iroq qilib: Irismetov hech qaerga bormaydi deb aytishgandi. O'shanda jamoada Mahmud Rahimov bosh murabbiy edi, u men uchun ko'p ish qilgan. Yarim yildan so'ng uni Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb topishgandi. Ammo keyingi faoliyati fojiali tarzda yakun topgan.

- Nima bo'lgan?

- Taqdirlash marosimiga ketayotganida avtohalokatga uchragan. O'sha joyning o'zida vafot etgan. SHundan so'ng, faoliyatimni boshlagan Do'stlikka qaytgandim.

- Va 37ta o'yinda 45ta gol urib ajoyib mavsumni o'tkazgandingiz.

- Ha. O'shanda kuchli jamoa yig'ilgan edi. SHeriklarim kuchli edi, o'zim ham yaxshi formada edim. SHu tariqa 45ta gol urgandim. Biroq undan ham ko'proq urishim mumkin edi. CHiroyli harakatlar qilishga kirishib ketgandim, gohida fint ishlatardim, gohida sheriklarimga to'p uzatardim.

- SHo'xlik qilarmidingiz?
- Jamoada Hasanov va Xabibullin o'ynashardi, ular chempionatda 100-gollarini urishlari kerak edi. SHu sabab ularga bo'sh darvoza qarshisida to'p uzatardim.


- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan mamlakatda futbol rivojlanayotganini malum qilgandi. Haqiqatdan ham shundaymi?
- Sizga xuddi Samvel Vyacheslavovich kabi javob beraymi yoki haqiqatdan ham nimani o'ylasam shuni aytaymi? (kuladi) SHaxsiy fikrim, O'zbekistonda futbol rivojlanmayapti, aksincha pasaymoqda. Bolalar-o'smirlar futboli oqsamoqda – mana yoshlarimiz Jahon chempionatiga chiqa olishmadi, oxirgi yillarda bu yoshdagi jamoalar muntazam ravishda mundiallarga chiqib kelayotgandi.

- Ammo O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyadagi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati bor.

- Bahslashmayman. Babayan kelgach natija bo'lmoqda, ammo Eron bilan bahsda muammolarimiz ko'rinib qoldi. O'zbekiston terma jamoasiga mahoratli futbolchilar etishmayapti – Ahmedov va Denisov bor, ammo bir kun kelib bu avlod faoliyatini yakunlagach, ularni kim almashtiradi? Men o'z chempionatimni yaxshi bilaman, har xolda shu erda ishlayapman, shu bois terma jamoani kuchaytiradigan futbolchilarni ko'rmayapman.

- Spartakka murabbiy sifatida qaytishni istarmidingiz?
- Bu haqiqiy ertak bo'lardi. Ammo Rossiyaning o'zida murabbiylar etarli.

- Murabbiylikdagi maqsadlarchi?

- Albatta katta muvaffaqiyatga erishishni istayman. Ammo osiyolik murabbiyning Rossiya chempionatida ish boshlashi oson emas. Men Qurbon Berdiev emasmanku.

- Hozirgi Spartak siz uchun qiziqmi?
- Albatta! Yaqinda CSKA bilan derbini tomosha qildim, barcha yaxshi o'ynadi. Spartakda birga ishlagan barchani yaxshi taniyman, oshpazlardan tortib tansoqchilargacha.

- Hozir Spartakda 2001 yildan so'ng birinchi bor chempion bo'lish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

- Qo'shilaman, ammo bu jamoaga stabillik etishmayapti. Asosiysi – maqsad sari intilish. Birinchi o'rinda bo'lish uchun ruhiy kuchli bo'lish kerak. Karrera – yaxshi murabbiy, raqobatbardosh jamoa tuzgani ko'rinib turibdi. Oldin yigitlarning ko'zlari yonmasdi. Hozir barcha futbolchilar bir birlari uchun o'ynayotganlarini ko'rish mumkin.

- Nima deb o'ylaysiz Spartak muxlislari sizni eslasharmikin?

- Men ularni juda hurmat qilaman. Haligacha ular menga yozib turishadi. Bir necha yil oldin bir muxlisga o'z futbolkamni yuborgandim. Muxlislar bilan doim yaxshi munosabatda bo'lganman. Spartak nihoyat chempion bo'lishini tilayman. Bu klub uchun qayg'uraman va barcha ishchi xodimlar, muxlislar jamoa g'alabasidan xursand bo'lishini istayman.
 

championat.com saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика