So’nggi yangiliklar

08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  0 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  4 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8

Intervyu. Davron Kabulov o'zbek futboli va ECHL haqida nima deydi? (1-qism) Yangiliklar

Intervyu. Davron Kabulov o'zbek futboli va ECHL haqida nima deydi? (1-qism)

Avval jurnalistika sohasida Sport telekanalida ishlagan Davron Kabulov ayni damda shou-biznesda o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

7 yoshdan 70 yoshgacha muxlislar qalbidan joy olgan “Million” jamoasi azosi Davron Kabulov kuni kecha saytimiz mehmoni bo'ldi. Kabulov bilan ECHL, “Real Madrid” va “Barselona” haqida suhbatlashdik.


- Bir necha kun oldin Uelsning Kardiff shahrida ECHL final bosqichida “Yuventus” va “Real Madrid” jamoalari bahs olib borishdi. Ushbu o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?

- Ushbu bahsdan oldin boshqa OAV vakillariga ham o'z fikrimni bildirib o'tgandim. “Real” g'alaba qozonishiga ishonaman, bunga ko'zim etadi” deya takidlab o'tgandim. CHunki o'yindan oldin turfa qarashlar, har xil gaplarni eshitishga ulgurdik. Buffon ECHL musobaqasida g'alaba qozonmagan degan gaplarni ko'pchilikdan eshitdim. Buffon ECHL musobaqasida g'alaba qozonmasa osmon uzulib erga tushmaydi. Sababi, Roberto Bajjo, Zlatan Ibragimovich, braziliyalik Ronaldo, italiyalik Franchesko Tottilar ham ECHL musobaqasini qo'lga kiritmagan va osmon uzulib erga tushmagan. Bularning ismlari orasiga Janluiji Buffonning ismi sharifini qo'shilishi  juda ham olamshumul voqea bo'lmaydi, deb o'ylayman. “Real”ning g'alaba qozonganiga to'xtaladigan bo'lsak, bu erda ikkita taymda ikki xil o'yin guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda qanday qilib bo'lsa ham raqiblariga qarshilik ko'rsatishga harakat qilgan bo'lsa ikkinchi bo'lim to'laligicha total ustunlik “Real” tomonida bo'ldi. Ushbu bahsdan so'ng ko'plab “Yuventus” muxlislari aniqrog'i “Yuve” formasidagi “Barselona” ishqibog'lari fikriga quloq tutgan paytimda “Barsa” muxlislari ham “Real”ning hech qanday savollarsiz g'alaba qozonganini takidlab o'tishdi. Zidan qurgan o'yinga alohida tan berishdi.


- “Yuventus”ning mag'lubiyatiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Endi hozir bildirmoqchi bo'lgan fikrim biroz baland parvozdek bo'lib tuyilishi mumkin. O'sha kuni o'sha oqshomda “Yuventus”ni o'rnida boshqa istalgan jamoa bo'lganda ham ularni 1:0 hisobidagi mag'lubiyat kutib turmayotgandi deb o'ylayman. Final kuni “Real” qarshisidan chiqqan istalgan raqibni g'ajib tashlaydigan it obrazida bo'lib qoldi. “Yuventus” shubhasiz bu yil esda qolarli jamoa bo'lganini takidlash kerak. ECHL “pley-off” bosqichida Buffon 1ta gol o'tkazib yubordi. Bu yilgi ECHL musobaqasi finaliga qadar ushbu posbon o'z darvozasidan bor yo'g'i 3ta to'p olib chiqgan edi. Finalda esa o'z darvozasidan 4ta gol o'tkazib yubordi. Bu bitta narsadan dalolat beradi. “Yuventus”da ayb yo'q, ular qilishi kerak bo'lgan barcha ishni amalga oshirdi. Bu mavsum ko'pchilik Iguain va Dibala haqida ko'proq gapririshdi. Finalda bitta futbolchini Mario Manjukichni mehnati yuzaga chiqqanidan hursand bo'ldim. Turinliklarning o'yinlariga ko'proq etibor beraman, Manjukich ikkinchi plandagi lekin juda ham katta xajmdagi ishni bajara oladigan futbolchi. Ushbu futbolchini “Bavariya”da sig'dirishmadi. Mana endi “Yuventus”da birinchi planda deya olmayman, lekin hujumchi sifatida juda ham yoqadi.


- Yaqinda bo'lib o'tgan “el-klassiko”da “kataloniyaliklar” “Real”ni mag'lubiyatga uchratishgandi. “Yuventus” ECHL yarim finalida “Barselona”ni musobaqadan chiqarib yubordi. “Real” esa “Yuventus”ni finalda mag'lubiyatga uchratdi. Savolim shundan iboratki “Real Madrid” bu bilan “Barselona”dan kuchli ekanligini isbotlab berdimi?

- Men “Real” muxlisi sifatida shuni aytishim mumkinki “Real Madrid” Ispaniya chempionligini va ECHL musobaqasini qo'lga kiritsa “el-klassiko”ni har yili “Barselona”ga berishga tayyorman. O'sha “el-klassiko”dagi mag'lubiyatdan so'ng ham “Real” asosiy taqibchisidan 3-4 ochkoga ortda qolib ketadigan darajada emas edi. “Barselona”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng ochkolar shunchaki tenglashdi “Real”ning zaxirasida yana 1ta o'yin bor edi. Bunaqa sharoitda menimcha har qanday odam mag'lubiyatga uchrash bilan tavakkal qilish mumkin edi. Ispaniya superkubogiga har kim har qanaqa yondoshadi. Misol uchun men superkubokga jiddiy sovrin sifatida qaramayman. CHempionat va ECHL musobaqasida g'olib bo'lgani mavsumdagi asosiy sovrinlar qo'lga kiritildi degani. Misol uchun hozirgi sharoitda olib qaraydigan bo'lsak Krishtianu Ronaldu “Oltin to'p”ga asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Ispaniya superkubogida “Barselona” ikki o'yin natijasiga ko'ra “Real”ni mag'lub etsayu Messi mana shu o'yinda raqib darvozasiga 2ta yoki undan ko'proq gol ursa yil oxirida unga “Oltin to'p”ni berib yuborishlariga ishonmayman. 



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Eslatib o'tamiz, Davron Kabulov bilan bo'lgan suhbatning davomini ertaga saytimizda o'qishingiz mumkin!

Davron Kabulovdan o'zbek futbolidagi achchiq haqiqatlar (to'liq intervyu) VIDEO

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика