So’nggi yangiliklar

11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:20Салоҳ Саудия чемпионатига ўтишга рози  3 09:15Камолиддин Тожиев: "Бу биз учун оғриқли мавзу"  2 08:46"Нефтчи" "Насаф"нинг яна бир футболчисига қизиқиш билдирмоқда  8 08:18Кечаги учрашувда "Арсенал"нинг икки нафар футболчиси жароҳат олди  0 07:50Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" гуруҳдаги сўнгги учрашувида майдонга тушади  5 07:23Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:40А Серия. "Наполи" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  4 01:34Элдор Шомуродов: "Иккинчи марта яхши ўйин кўрсатган учрашувда ютқаздик"  5 01:25Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" — "Бешиктош" 2:3  2 00:55Эден Азар: "Ла Лига АПЛдан кўра техникага бой. "Реал"да ўйинни бошқариш мумкин, аммо Премьер-лигада тўлиқ 90 дақиқа ишлаш керак"  0 00:55Нури Шаҳин: "1 очкога лойиқ эдик"  3 00:02Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" ва "Бешиктош" ўртасидаги Истанбул дербиси тақдирини 90+6 дақиқада киритилган гол ҳал қилди  48

Intervyu. CHemirtan kelishuvga amal qilmadi Yangiliklar

Intervyu. CHemirtan kelishuvga amal qilmadi

"Buxoro" bosh murabbiyi Jamshid Saidov Vadim CHemirtan jamoani qay tarzda tark etganini intervyuda oshkor qildi.


- CHemirtanning jamoadan ketishi "Buxoro" muxlislarini larzaga soldi. "Buxoro" nega CHemirtanni jamoada olib qololmadi?

- Biz Vadim CHemirtan bilan mavsum yakunlangach, muzokara o'tkazishni kelishib olgandik. Yani, u avvaliga bizning taklifimizni, keyinchalik boshqa takliflarni qo'rib chiqishi lozim edi. Lekin hujumchi biz bilan xattoki uchrashmasdan jamoani tark etdi va boshqa klubga o'tdi.

- "Buxoro" jamoasi Artur Gevorkyan va Ignatiy Nesterovga qiziqayotganligi qanchalik rost?

- Birinchi marta eshitib turibman. Lekin hayotda hamma narsa ruy berishi mumkin. Transfer oynasi paytida har xil mish-mishlar bo'lib turadi. Bu futbolchilarni jamoaga jalb etishga qodir emasmiz. Ularning shartnomalaridagi moliyaviy taraflariga javob berishga qurbimiz etmaydi. Bu ikki futbolchi chempion jamoa safida o'ynaydi va "Buxoro" o'tishni xohlashmaydi ham. Menimcha, Artur Gevorkyan va Ignatiy Nesterov kabi futbolchilar bizning jamoaga kelishmaydi.

- "Buxoro"ning yana bir etakchi futbolchisi SHavkat Salomov jamoada qoladimi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Hozircha ularning amaldagi shartnomasi 31 dekabrga qadar mo'ljallangan. Ko'p narsa aynan yanvar oyida hal bo'ladi. Transferlarning asosiy qismi ham yanvarda boshlanadi. O'shanda barcha masalaga oydinlik kiritiladi.

- "Buxoro" muxlislariga keyingi yili jamoa yanada kuchayishini va kuchli futbolchilar jalb etiligini vada bera olasizmi?

- Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz va hammasi yaxshiroq bo'lishi uchun harakat qilamiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.


Buxorolik muxlislar Vadim CHemirtanga pul yig'ib berishga tayyorlar FOTO

CHemirtan "Bunyodkor" safida mashg'ulot o'tkazmoqda


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика