So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Intervyu. "ASIAN FIGHT-2017" ishtirokchisi Muhammadali Toshturg'unov saytimiz mehmoni Yangiliklar

Intervyu. "ASIAN FIGHT-2017" ishtirokchisi Muhammadali Toshturg'unov saytimiz mehmoni

Teglar :  Asian Fight
Xabaringiz bor, 9 sentyabr kuni Toshkentda mikst silat bo'yicha jang oqshomi tashkil qilinadi.

Ushbu jang kechasida 8 nafar o'zbek sportchisi mikst silat bo'yicha ilk marotaba o'zbek muxlislari qarshisida jang qiladi. Saytimiz ijodkorlari ushbu kecha ishtirokchilaridan biri hisoblangan Muhammadali Toshturg'unovni ofisimizga taklif qildi va u bilan intervyu uyushtirdi. Etiboringizga ushbu intervyuni taqdim etamiz.


O'zi haqida

Sportchi bo'lishimga otam sababchilar. Tug'ilishimdan oldin ular o'g'lim sportchi bo'ladi, ismini Muhammadali qo'yaman deb niyat qilgan ekanlar. Bokschi bo'lishimni istaganlar. Bokschi bo'lmadimu, shunga yaqinroq sport turi bilan shug'ullandim. 4-5 yoshimdan beri sport zaliga borib, yakkakurash sport turlari bilan shug'ullanib kelaman. Birinchi shug'ullangan sport turim karate. Ko'p yillar mobaynida karate bilan shug'ullanganman. Qora belbog' sohibiman. Bir necha Respublika chempionati va xalqaro turnirlarda g'olib bo'lganman. Undan tashqari sportning boshqa turlari bilan ham shug'ullanganman.



Qaysi sportda ko'roq natija bo'lgan?

O'z vaqtida shunday davr bo'lgandi: 3-4 yil davomida sportda umuman omadim kelmagan. Sportni tashlayman, boshqa sport bilan shug'ullanmayman. Bu narsa men uchun emas ekan degan fikrlar ham o'tgan. Insonning asosiy raqibi o'zi hisoblanar ekan.  
Ammo, o'z ustimda ishlashni davom ettirdim. Keyin kikboks bo'yicha shug'ullanib, yaxshi natijalarni qo'lga kiritdim.

Asosiy yutuqlarim 2005 yillardan so'ng boshlandi. Harbiy xizmatdan so'ng MXSKda mashg'ulotlarni davom ettira boshladim. Bir necha bor O'zbekiston, Osiyo, jahon chempionligini qo'lga kiritdim..."




Sportchi va aktyor Muhammadali Toshturg'unov bilan bo'lgan intervyuning to'liq qismini VIDEOda tomosha qilishingiz mumkin.

(TAS-IX emas)


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика