So’nggi yangiliklar

09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  13 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  52 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3

Intervyu. Andrey SHevchenko: “Ukraina 2020 yilgi Evropa chempionatiga chiqmoqchi” Yangiliklar

Intervyu. Andrey SHevchenko: “Ukraina 2020 yilgi Evropa chempionatiga chiqmoqchi”

Andrey SHevchenko FIFA.com saytiga bergan intervyusida milliy terma jamoani qayta qurish, yosh o'yinchilar va murabbiylik faoliyati haqida gapirdi.

- Siz FIFA Football Awards sovrini so'rovnomasida Desham va Modrichga ovoz bergan edingiz. Ikkala nomzod ham o'z yo'nalishida tengsiz deb topildi. Siz ikkalasinii yutishini qaerdan bilgan edingiz?
- Desham Franciya termasi bilan ajoyib ishlamoqda. Jahon chempionligi - bu ko'p yillik qattiq mehnat samarasi hisoblanadi. Bu maqtovga loyiq muvaffaqiyatligini tan olish kerak. Modrich ortda qolgan mavsumda “Real” bilan kuchli o'yin ko'rsatdi. Unga qarshi futbolchi sifatida o'ynaganman va murabbiy bo'lib ham duch qeldim. Luka o'yinni mukammal tushunadi va vaqtida kerakli o'zgarishlar qila oladi. ECHLdagi chempionlik va JCHda finalgacha etib borish - ajoyib natija.
 
- Ukraina terma jamoasi bilan 2016 yil iyul oyidan beri birgasiz. SHu vaqt oralig'ida qanday o'zgarishlar bo'ldi?

- 2016  yilgi Evropa chempionatidagi omadsizlikdan keyin, jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib oldim. Ruhiy bosim, OAV va bir qancha faktorlar bizga qarshi edi. Bu og'ir sharoitda terma jamoani yangi usul kiritish orqali mushkul sharoitdan olib chiqib ketishga kirishdim. To'pni nazorat qilish bilan jamoa o'yini yo'lga qo'yildi. Bu Ukraina futbolida yangilik edi. Tezda yosh va tajribali futbolchilardan iborat yangi ko'rinishdagi jamoa tuzildi. Tez orada bundanda katta o'zgarishlar qilish niyatida turibmiz.  



- Ukraina JCH-2018ga yo'llanma ola bilmadi. Buning asosiy sababi nima?

- Guruhimizda to'rtta teng kuchli raqiblar yig'ilgan edi: Turkiya, Xorvatiya, Ukraina va Islandiya. Turnir jadvalida yuqori o'rin uchun oxirigacha kurashdik. Har bir uchrashuv biz uchun muhim edi. Imkoniyatlar etarli darajada bo'ldi. Lekin o'z mahoratimizni ko'rsata olmadik.

- Ukraina yoshlar terma jamoasi (U-20) keyingi yili JCHda ishtirok etadi. Nima deb o'ylaysiz, bazi shu yoshdagi futbolchilar kattalar terma jamoasida sizga yordam bera olishadimi?

- Albatta yoshlarni doim kuzatib boramiz. Buni terma jamoada 20ga yaqin futbolchi debyut qilganidan bilib olsa bo'ladi. Kelgusi 1-2 yil ichida ushbu yosh toifasidagi futbolchilar terma jamoaga nomzod bo'ladi. Jamoa kelajagi yoshlarga bog'liq bo'lgani uchun ulardan ko'p narsa kutaman va munosib o'yinchilarni termaga taklif etamiz.

- Ukraina FIFA Reytingida 6 o'rin yuqoriladi va 29-pog'onaga chiqib oldi. Kelajakda terma jamoa qanday natija qayd etadi?

- Asosiy vazifamiz Millatlar Ligasida munosib qatnashish va 2020 yilgi Evropa chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Etiborni asosan shularga qaratayapmiz.



- UEFA Millatlar Ligasi dastlabki ikki o'yinida g'alaba qozondingiz. Natijadan qoniqdingizmi? Umuman bundanda yaxshi o'sishga erisha olasizmi?

- Ikkkala to'qnashuv ham murosasiz kechdi. Raqiblarni yaxshi bilardik. Ular ham bizni o'rganib chiqishgandi. CHexiya va Slovakiya o'yin uslublari bir-biriga o'xshash. Boshlanishida ikki g'alaba - juda ajoyib natija. Biroq, jamoa o'yinidagi stabillikni yo'lga qo'yib olishimiz uchun ko'p ishlashimiz talab etiladi.

- Jamoa tarkibi juda yosh va iqtidorli. Avlodlar almashinuvi sizga qanday qiyinchilik tug'dirdi?

- Hali bu jarayon davom etmoqda. Kelajak yoshlarniki. Murabbiylar uchun muhimi, ishlash uchun kimdir bo'lishi kerak. Ko'plab mahoratli yosh o'yinchilarimiz bor. Ularning salohiyati yuqori. Biznig vazifa - mazkur futbolchilarni kashf etish.

- Kelajakda klubda ham murabbiylik faoliyatini davom ettirish rejalaringiz bormi?

- Ayni paytda, barcha o'y-xayollarim Ukraina milliy terma jamoasiga qaratilgan. Murabbiy sifatida faoliyatimni boshlaganimga ko'p bo'lmadi. Kelajakda bizni nima kutayotganligini vaqt ko'rsatadi.

FIFA rasmiy saytidan Nodir Abdurasulov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика