So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  2 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Intervyu. Ali Mabhut: "Hujumchi sabrli bo'lishi kerak" Yangiliklar

Intervyu. Ali Mabhut: "Hujumchi sabrli bo'lishi kerak"

Teglar :  Ali MabhutBAA
Sabr-qanoat yaxshilikka etaklaydi. BAA termasi azosi Ali Mabhut ushbu aqidaga amal qiladiganlar toifasidan.

26 yoshli forvard nafaqat o'z mamlakati, balki Osiyoning eng kuchli to'purarlaridan biriga aylanib ulgurgan. FIFA.com sayti ushbu futbolchi haqida malumotlar berish asnosida undan intervyu oldi.

Mabhut 1990 yili Abu-Dabida tug'ilgan. Ushbu voqeadan to'rt oy o'tib, BAA termasi ilk marta (hozircha yagona) jahon chempionatida ishtirok etdi. Ali 19 yoshida amirliklarning Al-Jazira klubida debyutini o'tkazdi. Darhol ishga kirishgan vunderkind o'zidan yorqin taassurot qoldirib, tez orada yoshlar termasi (U-20) tarkibida Misrda o'tkazilgan mundialga yo'l oldi.

Mazkur turnirdan so'ng Mabhutning xalqaro arenalardagi ishtiroki davom etdi: 2012 yili Olimpiadada qatnashgan bo'lsa, oradan bir yil o'tib, bosh jamoada ham o'zining yorqin o'yinlarini namoyish eta boshladi.

Milliy terma tarkibidan joy olganimdan juda faxrlanaman, - deydi hujumchi FIFA.com saytiga bergan intervyusida. - SHuning barobarida bu zimmamga ulkan masuliyat yuklaydi. Ishonchni oqlash, kuchlilar qatorida o'ynashga munosib ekanimni isbotlashga to'g'ri keladi.

2012 yildan boshlab, Forz ko'rfazi kubogida qatnashgan qahramonimiz 2013 yili raqiblar darvozasini ikki marta ishg'ol qilgan bo'lsa, 2014 yili ushbu turnirda 5ta gol urib, to'purarlikni qo'lga kiritdi. SHuningdek, Osiyo kubogi-2015da ham goleadorlik xususiyatlarini namoyish etdi.

Har bir futbolchi o'z oldiga maqsad qo'yib, uni amalga oshirish uchun har qanday sinovga tayyor turishi lozim. Aynan shu narsa so'nggi yillarda o'sishga erishishimga turtki vazifasini o'tadi.

Aytish joizki, Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo kubogi-2015 musobaqasida Mabhut turnir tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi: guruh bosqichidan o'rin olgan bahsda Bahrayn darvozasini ishg'ol qilish uchun 14 soniya kifoya qildi va Ginnessning rekordlar kitobidan o'rin egalladi.

Ushbu natijadan juda quvondim, u menga ruhiy quvvat bag'ishladi. Ismim va mamlakatimiz nomi Ginnessning rekordlar kitobidan o'rin egallashini xayolimga keltirmagandim. Kelgusida bundan ham yuqoriroq ko'rsatkichlarga erishishdan umidvorman.



JCH-2018 saralashining uchinchi raundida BAA termasi Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Tailand va Iroq jamoalari bilan bir guruhdan o'rin egalladi. Raqiblar ancha jiddiy bo'lishiga qaramay, Mabhut jamoadoshlari omadli start olishdi: safarda Osiyo grandi - Yaponiya termasi mag'lubiyatga uchratildi.

Kunchiqar yurtdagi g'alabadan har qancha faxrlansak arziydi, - deydi Ali. - Mundialda ishtirok etishni xohlasangiz, har qanday jamoani taslim etishga qodir bo'lishingiz, o'zingizga ishonishingiz darkor. Keyingi turda Avstraliya termasiga imkoniyatni boy berdik, ammo yomon o'ynamadik. Ushbu mag'lubiyat hech nimani anglatmaydi, hali hammasi oldinda. Yaponiya jamoasidan uch ochko olishimiz bizdagi qatiyatni oshirdi.

Uchinchi o'yinda BAA termasi tailandliklarni mag'lubiyatga uchratdi - 3:1. Ushbu bahsda Mabhut o'z hisobiga ikkita gol yozib, yil boshidan buyon o'zini taqib etib kelayotgan nursizlikka yakun yasadi.

Hujumchi bir vaqtning o'zida ham qatiyatli, ham sabrli bo'lishi lozim. U o'z maqsadini aniqlab olib, uni amalga oshirishga ishonishi darkor. Keyingi o'yinlarda ham raqiblar darvozasini ishg'ol qilishdan umidvorman, o'zimga ishonchim yuqori.

SHuningdek, Mabhut Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan navbatdagi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. CHunki mazkur bahsdagi ijobiy natija BAA termasining jahon arenalaridagi ishtirok sari yana bir qadam tashlashini anglatardi. Qahramonimiz esa 2009 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialda bunday tajribaga ega bo'lib ulgurgan.

Jahon chempionatida qatnashish - har bir futbolchining orzusi, - deydi u. - Ayrim jamoadoshlarim qatori men ham JCH(U-20)da ishtirok etganman - u erdagi muhit ajoyib edi. Kattalar o'rtasidagi mundial bundan ham yorqinroq taassurot qoldirishi mumkinligini faqat tasavvur qilishim mumkin, xolos. Termamizning har bir vakili BAAni to'rt yillikning eng muhim musobaqasi sari etaklashga tayyor.

Ushbu maqsadga etish uchun Mabhutdan zaxirasidagi sabr-qanoatning qolgan qismini ham qo'llash talab etiladi. SHu tariqa, amirliklar milliy jamoasiga ishqibozlik qiladiganlar qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика