So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  2 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  6 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  24 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

Intervyu. Abdulla Abdullaev: “Mirjalol Qosimov tanlagan besh futbolchidan biriman” Yangiliklar

Intervyu. Abdulla Abdullaev: “Mirjalol Qosimov tanlagan besh futbolchidan biriman”

Xabaringiz bor, hozirda Bunyodkor jamoasi joriy yilda mavsumni birinchilardan bo'lib boshladi.

Garchi, OCHL guruh bosqichiga chiqa olmagan bo'lsada o'yin tomonlama raqiblarga yutqazmadi. Bor etiborini Superligada muvaffaqiyatli qatnashishga qaratgan «qaldirg'ochlar» dastlabki turlarda yomon natija qayd etishmadi. Biz shu munosabat bilan jamoaning iqtidorli futbolchisi Abdulla Abdullaevni suhbatga chorladik.

- Bilamiz, siz «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz. Asosiy tarkibga jalb etilishingiz qanday bo'lgan?


- 2017 yil «Bunyodkor» o'rinbosarlari bilan chempionlikni qo'lga kiritdik. SHundan so'ng bosh murabbiy Mirjalol Qosimov to'rt, besh bolani qishki yig'indagi mashg'ulotlarga jalb qilganlar. Ularni orasida men ham bor edim. SHuhrat Maqsudov yoshlar jamoasi murabbiyi edi. 2018 yil ko'proq zaxiradan maydonga tushirdilar. Bundan xursand bo'ldim. Olimpiya terma jamoasidan taklif oldim.

- Baribir shu darajaga o'z-o'zidan chiqib qolmagansiz. Qandaydir sinovlardan o'tishga, to'siqlarni bartaraf qilishga to'g'ri kelgan. Ayrim muxlislar orasida puli yoki tanishi bor degan qabilidagi gaplar ko'p uchraydi...


- Qiyinchiliksiz biror narsaga erishish mushkul. O'zim ham ikki yil o'rinbosarlar jamoasiga qabul qilinmaganman. Buni pulga yoki tanish, bilishga bog'lash noto'g'ri. Kerak bo'lsa uydan uzoqda, Farg'onalada to'p tepganman. Yaqinlarni sog'inasiz baribir. Lekin, professional futbolchi bo'lishni istagan o'yinchi hamma narsaga ko'nikishi kerak. Men mehnat va iqtidorni teng qo'ygan bo'lardim. Qanchalik iqtidorli bo'lmang, mehnat qilib ter to'kmasangiz hech narsa o'xshamaydi. Qanchalik ko'p mehnat va harakat qilsang mevasini ko'rasan. Futbolda shunday.

- Mirjalol Qosimovni qo'l ostidagi ilk mashg'ulotni eslay olasizmi? Bosim, hayajon bo'lmaganmi?


- Albatta esimda. Mashg'ulotdan oldin akademiya yo'lagida ko'rib qolganimda rosa hayajonlanganman. Birinchi bor futbol o'ynashdan qo'rqmaslikni va ko'proq mehnat qilishim kerakligini aytganlar. Asosiy tarkib bilan mashg'ulot kutganimdanda yaxshiroq o'tgan.CHunki, jamoa ahil va inoq edi. Birinchi golimni «Navbahor»ga urganman. O'shanda zaxiradan maydonga tushib imkoniyatdan unumli foydalangandim.


- Debyut yilingizda jamoa bir qator qiyinchiliklarni boshidan kechirgandi. Mavsum so'ngida hatto yopilib ketishi haqida gaplar tarqaldi. Yosh futbolchi sifatida nimalarni his qildingiz?

- Bunday gaplar ko'p bo'lgan. Qizig'i, mashg'ulot olib boradigan maydonimizni yopib qo'yishgandi. Bosh murabbiy qanchalik og'ir vaziyat bo'lishiga qaramasdan biz faqat futbol va o'yinimiz haqida o'ylashimizni aytganlar. Bor etiborimizni bo'lajak o'yinlarga qaratishimizni tushuntirganlar.

- O'tgan yilni jamoa kuchli uchlikda yakunlashga erishdi. Aynan nimaning evaziga, qaysi omillar hisobiga bronza medallari qo'lga kiritildi?


- Ko'pchilik buni kutmagandi. Ayrim jamoalar bizga mensimasdan munosabatda bo'lishdi. Bu esa bizga qo'l keldi. Lekin, murabbiyimizning salohiyati va mehnati, bizga bo'lgan ishonchini ham alohida takidlash zarur.

- Biroq, mavsumning Oxirgi pallasiga kelib futbolchilarda kuch qolmagandek ko'rindi. So'ngi uchta turda esa jamoa yana o'zini tiklab oldi. «Navbahor», «Paxtakor», «Sug'diyona» bilan hal tiluvchi o'yinlarda jamoa iroda ko'rsatdi. Balki, mavsum boshida kuchni to'g'ri taqsimlashda kamchilik va xatolar yuzaga kelgandir...


- Butun bir mavsumni barqaror o'tkazish qiyin. Oxirida istaysizmi, yo'qmi jismoniy tomondan pasayish bo'ladi. Bunga tabiiy qarash kerak. Ikkinchi o'rinni egallashimiz mumkin edi. Bazi bir uchrashuvlarda omad etishmadi. Masalan, «Andijon» bilan o'yinda so'ngi soniyalarda g'alabani qo'ldan boy berdik. «Paxtakor» bilan o'yin haqiqatdan derbi maqomiga mos tarzda o'tdi deya olaman. Raqibga qaraganda bizda xohish va motivaciya yuqori edi. Bu o'yinni kelishilgan degan xayolga borishni o'zi noto'g'ri. Bo' o'yindagi g'alaba bizni OCHL yo'llanmasiga yaqinlashtirardi. Oxirgi turlar esa parallel ravishda o'tkazilgan.

- Ko'rdik jamoa muvaffaqiyatga yarasha mukofotlandi, taqdirlandi. Ammo, Eshitishimizga qaraganda ushbu yil hisobidan hali maosh va mukofot pullari berilmagan. Moliyaviy tomondan kichik muammolar bor. Bu futbolchilarni tashvishga solmayaptimi?


- Ha. To'g'ri, bu yil hali birorta ham maosh olmadik. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman.

- Tanlov imkoniyati yuzaga kelganda katta maosh evaziga «Paxtakor»ga o'tishini tanlarmidingiz yoki xorij jamoasining chorlovini qabul qilarmidingiz?

- Xorijdan yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoadan taklif tushsa ketardim.

- Karantin paytida ko'plab futbolchilar turli mashg'ulotlarni uyda bajarishmoqda. Siz bo'sh vaqtni qanday o'tkazyapsiz?


- Rostdan ham so'ngi o'n yil ichida bunchalik ko'p dam olmagandim. Hamma qatori oilam davrasidaman. Murabbiylar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarmoqdaman. Iloji boricha ko'proq kitob o'qimoqdaman. o'rni kelganda muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика