"Inter"ning qishki transferlar oynasidagi nishoni - "CHelsi" forvardi
08 noy 2019 14:14
Yangiliklar
"Inter"ning qishki transferlar oynasidagi nishoni - "CHelsi" forvardi
"Inter" "CHelsi" hujumchisi Olive Jiruni sotib olmoqchi.
Konte aynan Oliveni o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda. Franciyalik futbolchining London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
33 yoshli hujumchi "CHelsi"ga qadar "Grenobl", "Istr", "Tur", "Monpele" va "Arsenal" jamoalarida o'ynagan.
Jiru 2011 yilda beri Franciya terma jamosi sharafini himoya qiladi.
Milanliklar Jirudan tashqari "Parma"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Deyan Kulushevskini ham xarid qilishmoqchi.
Fikrlar