"Inter"ning lazaretida nima gaplar?
02 noy 2019 03:23
Yangiliklar
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Andrea Ranokkya jarohatidan tiklandi. SHuningdek, jamoa yarim himoyachisi Matias Vesino ham jarohatidan forig' bo'lib, asosiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi. Har ikki futbolchi ham Milan klubining Italiya chempionati 11-turida "Bolonya" klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, jamoa tibbiy bazasida Danilo D`Ambrozio va Stefano Sensilar davolanishda davom etmoqdalar.
Fikrlar