So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  0 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  2 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  5 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  10 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

"Inter"ning eng qimmat transferi haqida Yangiliklar

"Inter"ning eng qimmat transferi haqida

Barella Kalyarida tavallud topgan va mashhur Luiji Riva nomidagi akademiyada tahsil olgan.

U Italiya terma jamoasi eng yaxshi to'purari, Sardiniyaning haqiqiy afsona bo'lgan. Axir bekorga 11-raqamni unga berishmagan. Ha aytgancha, u malum vaqt Barellani shug'ullantirgan hamda futbolchining ulkan salohiyatga ega ekanligini takidladi. Qiziq tomoni shundaki, U "Inter"ning ashaddiy muxlisi, Nikoloni o'zi esa bir vaqtning o'zida har ikki klubga ishqibozlik qiladi va tabassum bilan ko'k-qora futbolkada tushgan suratini ko'rsatadi. O'sha vaqtlardayoq Deyan Stankovich uning kumiriga aylanib ulgurgan. O'yin uslubi, maydondagi harakatlari bilan Barella chindan serbiyalik hamkasbiga o'xshab ketadi.

2015 yil Barella 18 yoshida A Seriyadagi debyutini o'tkazgan. Mavsum oxirida 3 uchrashuvda ishtirok etdi, "Kalyari" esa B Seriyaga tushib ketdi. U erda yosh futbolchi 5ta o'yin o'tkazdi, lekin usha kezlardayoq futbolchiga yangi chaqiruv zarurligi sezilib turardi. Futbolchi "Komo"ga ko'chib o'tadi. Jamoani o'shanda Janluka Festa boshqarar, ular Nikolo bilan "Kalyari" yoshlar jamoasida birga ishlagandi. Barella tezda yangi jamoaga ko'nikib ketdi va o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi. 16 bellashuvdagi harakatlari bilan u yana A Seriyaga qaytgan "Kalyari" safiga qaytishga loyiqligini ko'rsatgan edi.  

2016/17 yillardagi mavsum Nikolo uchun juda omadli bo'ldi. U 28 uchrashuvda maydonga tushdi va o'zining ijobiy jihatlarini namoyon qila bildi. Golli uzatmalardan tashqari, Nikolo darvozaga ham tortinmay zarba berardi, ammo ularga aniqlik etishmasdi. Hammasidan ham Barellaning maydondagi nuqtasini topish mushkul vazifa edi. U bir vaqtning o'zida deyarli istalgan nuqtada o'ynay olar, biroq hech qaerda muqim o'rnasha olmasdi. SHu sababli bo'lsa kerak, bazan uning harakatlarida shoshqaloqlik sezilardi. Yaxshi jihati shundaki, yosh iqtidor sohibi o'z ustida ishlashdan, bilmaganlarini o'rganishdan qochmasdi.

O'tgan mavsum futbolchi statistik ko'rsatkichlarini ham ancha yaxshilab oldi va "Kalyari"ning hujumlaridagi asosiy figuralardan biriga aylandi. Nikoloning hisobida o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha 6 gol va 2ta golli uzatma mavjud. Barella yarim himoyaning istalgan chizig'ida o'ynay oladi. Bazan u klassik tayanch yarim himoyachisi rolida gavdalansa, ko'p o'tmay uni hujumchilar ortida faollik ko'rsatayotganini ko'rishimiz mumkin. To'p bilan muomala qilish, qisqa va uzun masofalarga to'p oshirishlar borasida Nikolo yaxshi ko'rsatkichlarga ega. Qahramonimiz to'pni tezkorlik bilan oshirish borasida esa chempionatning eng yaxshi yarim himoyachisi sanaladi. Bu borada u eng yaqin taqibchi - jamoadoshi Nainggolanni 25 urinishga ortda qoldirgan. Bundan tashqari, Barella yakkakurashda katta ko'lamdagi ishni bajaradi. Oxirgi ikki mavsumni oladigan bo'lsak, aynan u A Seriya vakillari ichida eng yaxshi natija qayd etgan.

O'tgan mavsum "Kalyari"ning o'yini to'laligicha Barella orqali tashkil qilinardi va bazan bu jamoaga qimmatga tushardi. Barella doim ham "toza" o'ynamaydi va vaqti kelganda qo'pollik ishlatishga majbur bo'ladi. Lekin "Inter"da bu borada unga ancha oson bo'lsa ajabmas. Jamoada sifatli futbolchilar jamlangan. Demak, Barella yarim himoyaning barcha chiziqlari bo'ylab "ko'chib", bo'sh zonani "yopib" yurishiga to'g'ri kelmaydi.

Maydonda uning yonida o'zi kabi kuchli va kurashdan qaytmaydigan Brozovichning borligi juda muhim. Uchlikning yana bir azosi katta ehtimol bilan Vesino/Sensi bo'lsa kerak. Albatta, agarda "Inter" boshqa bir hujumkor yarim himoyachini sotib olmasa... Barella uchun bu transferni Antonio Kontening o'zi iltimos qilgani va sevimli klubida o'ynash imkoniyati paydo bo'lgani juda ahamiyatli. Axir qishda Nikoloni sotib olishni Sarri, yozda esa "Roma" va "Milan" xohlagandi, lekin Nikolo qatiy turdi - faqat "neradzurri"!

"Inter" yosh futbolchi uchun kattagina summadan voz kechishiga to'g'ri keldi. Faqatgina Veri "qora-ko'klar"ga qimmatroqqa tushgandi. Albatta bunday transfer doimo etibor markazida bo'ladi va kattagina tavakkalchikka qo'l uriladi. Biroq Antonio Konte nima qilayotganini tushunib turibdi. Qachonlardir aynan Konte Marottani "Bayer"dan Arturo Vidalni xarid qilishga ko'ndirgandi va chililikni dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylantirgandi. Vidal to'psiz juda yaxshi harakat qilardi, lekin hech qachon Barella kabi did bilan kutilmagan to'p oshirishlarni uning ijrosida ko'rmaysiz. Nikolo chindan yaqin kelajakda Arturoning o'rnini tortib olishi mumkin. Hozirning o'zida Barella Italiya termasi mexanizmining muhim detallaridan biridir.

Barella uning yoshidagilarga o'xshamaydigan hotirjamlik va fikr-mulohazali yigit. Bunda uning turmush o'rtog'i Federikaning ham roli katta. U Nikolodan 7 yoshga katta va Nikolo bugungi darajasiga chiqishi uchun Federika ko'p harakat qildi. Barella maydon tashqarisida sodda va jim yuradigan, ortiqcha shovqinni yoqtirmaydigan insonlardan hisoblanadi. Xarakteri boshqacharoq bo'lganda ham, tungi klublar, diskotekalarga Nikoloning vaqti etmasdi. Bugungi kunda u turmush o'rtog'i bilan ikki qizni tarbiyalashmoqda va ularning kichigi hali bir yoshga ham to'lmagan.

Futboldan tashqari, Barellaga basketbol juda yoqadi va qachon bo'lsa-da, Lebronni ko'rishni orzu qiladi. U hatto o'z kuchugini ham buyuk basketbolchi sharafiga nomlagan. NBA Barella ingliz tilini o'rganishida katta yordam bergan, ammo kunlik rejimi buzilishiga ham sabab bo'lgan edi. Futbolchi "Komo" sharafini himoya qilgan vaqtlarda o'z agentidan xonasiga televizor va sevimli ligasi o'yinlarini ko'rish imkoniyatini yaratib berishni so'ragan. Barella "revolyuciyasini" kuzatish, futbol yulduzi, "Inter" etakchisiga aylanayotganini kuzatish chindan qiziqarli. Konte esa bunda unga yordam berishi zarur.


Muallif: Sergey Rumyancev
Tarjima: Nozima Zaripova

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика