"Inter"ga Ikardining keragi yo'q
20 okt 2019 17:44
Yangiliklar


"Inter"ga Ikardining keragi yo'q
"Inter" rahbariyati va murabbiylar shtabi Mauro Ikardining xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, milanliklar PSJ futbolchini sotib olishiga ishonishmoqda. Futbolchi ijaraga berilayotgan vaqtida shartnomada parijliklar mavsum yakunlanganidan keyin forvardni 70 million evroga sotib olishlari mumkinligi borasida kelishib olishgan.
Qayd etilishicha, ushbu summa Romelu Lukakuning transferida qolib ketgan qarzlarni qoplash uchun "Manchester Yunayted"ga beriladi.
Ikardi ushbu mavsum jamoasi tarkibida 5 o'yinda 3 gol kiritishga erishdi. Uning ijarasi 2022 yilda yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar