"Inter"ga APLdagi himoyachi kerak
24 jan 2019 14:29
Yangiliklar
"Inter"ga APLdagi himoyachi kerak
"Inter" "Sautgempton" himoyachisi Sedrik Soareshning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "neradzurri"lar qishki transferlar oynasi yopilguncha portugaliyalikni transfer qilmoqchi. Tomonlar muzokaralarni olib borishmoqda.
Bu mavsumda Soaresh "Sautgempton" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.
Fikrlar