So’nggi yangiliklar

14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  10 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10

"Inter"da omadi yurishmagan top futbolchilar Yangiliklar

"Inter"da omadi yurishmagan top futbolchilar

Barcha top-klublar tarixida turli sabablar tufayli yaxshi o'ynay olmagan futbolchilar etarli.

Ammo bugun Milanning "Inter" klubida to'p tepgan, lekin bor iqtidorini namoyon etolmagan taniqli o'yinchilar haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Dennis Bergkamp
Tavallud topgan: 10.05.1969
Fuqaroligi: Niderlandiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 
1993-1995, (53/11)

Bergkamp Londonning "Arsenal" klubida o'zini to'liq namoyon eta oldi va APL tarixiga ismini zarhal harflar bilan yozib qo'ydi. Ammo gollandiyalikning Italiyadagi ishlari o'ngidan kelmadi. To'g'ri, 1994 yil Dennis "neradzurri" tarkibida UEFA Kubogini qo'lga kiritdi va turnirning eng yaxshi bombardiri bo'ldi. Biroq A Seriya va "Inter"ning pragmatik o'yiniga moslasha olmadi.

Roberto Karlos
Tavallud topgan: 10.04.1973
Fuqaroligi: Braziliya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 1995-1996, (30/5)

"Inter" Roberto Karlos faoliyatidagi dastlabki Evropa jamoasi edi. Braziliyalik 1996/97 yilgi mavsumda yaxshi o'ynadi. Ammo bu yillarda Milan klubiga barqarorlik etishmadi. Natijada Roberto Madridning "Real" klubiga o'tib ketdi. Braziliyalik u erda eng yaxshi himoyachilaridan biri bo'la oldganidan xabaringiz bor albatta.

Andrea Pirlo
Tavallud topgan: 19.05.1979
Fuqaroligi: Italiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 1998-2001, (22/0)

Andrea 19 yoshligida "Inter"ga kelgan. To'g'ri, bu yoshda top-klubda o'ynash biroz qiyin. Bundan tashqari, o'sha vaqtlar jamoada unga raqobatchi sifatida Rekoba, Badjo va Jorkaeff bor edi.

Klarens Zeedorf
Tavallud topgan: 01.04.1976
Fuqaroligi: Niderlandiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 2000-2002, (64/8)

Klarens ikki mavsum mobaynida "Inter"da yomon o'ynamadi. Biroq taqdir taqozosi bilan u "Milan"ning afsonaviy futbolchilaridan biriga aylandi.

Fabio Kannavaro
Tavallud topgan: 13.09.1973
Fuqaroligi: Italiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 2002-2004, (50/2)

Fabio "Inter"ga 2002 yil yozda kelgan va ikki yil davomida "neradzurri" tarkibida sifatli o'yin ko'rsata olgan. Lekin birorta ham sovrin yutolmagan. "Yuventus"ga o'tganidan so'ng, 2005 va 2006 yillarda Italiyaning eng yaxshi himoyachisi mukofotiga sazovor bo'ldi.

Edgar Davids
Tavallud topgan: 13.03.1973
Fuqaroligi: Niderlandiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 2004-2005, (16/0)

Davids "Inter"dagi faoliyatini yomon boshlamadi. Biroq tez orada zaxira o'rindig'idan joy oldi. Keyinchalik esa maydonga ham kam tushdi. Gollandiya termasi bosh murabbiyi bunga norozilik bildirgan bo'lsa-da, vaziyat o'zgarmadi. Natijada Edgar Italiyani tark etishga qaror qildi.

Leonardo Bonuchchi
Tavallud topgan: 01.05.1987
Fuqaroligi: Italiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 2005-2007, (1/0)

Bonuchchini ro'yxatimizda ko'rib hayron bo'layotgandirsiz?! Sababi, u "qora-ko'klar" tarkibida maydonga deyarli tushmadi. A Seriyaning faqat bitta o'yinida 90-daqiqada Solarining o'rniga maydonga tushgandi.

Fabio Grosso
Tavallud topgan: 28.11.1977
Fuqaroligi: Italiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 2006-2007, (23/2)

Grosso "Inter"ga Jahon CHempioni maqomida kelgan. 2006 yilgi mundialda u turnirning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan. SHu sabab, Milanda undan ko'prog'ini kutishgan. Biroq Fabio asosiy tarkibda deyarli o'ynamagan. SHuning uchun, u bir yildan keyin Franciyaning "Lion" jamoasiga o'tib ketgan.

Filippe Koutino
Tavallud topgan: 12.06.1992
Fuqaroligi: Braziliya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 2008-2013, (28/3)

Koutino faoliyatida ham "Inter" birinchi Evropa klubi bo'ldi. Biroq braziliyalikning "qora-ko'klar" tarkibida omadi yurishmadi. U 2013 yil qishda "Liverpul"ga, 2018 yil qishda esa "Barselona"ga o'tdi va hozirda u erda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etmoqda. Aytgancha, hali qish tugamadi...

Nemanya Vidich
Tavallud topgan: 21.10.1981
Fuqaroligi: Serbiya
"Inter"da faoliyat yuritgan yillari (o'yin va gollar soni): 2014-2016, (21/1)

Vidich "Inter"ga o'tganida jahon futbolining afsonaviy o'yinchilari va o'z davrining eng yaxshi himoyachilaridan biri bo'lib ulgurgandi. Biroq 32 yoshli futbolchi o'sha paytlarda bir qator jiddiy jarohatlar olgan. Nazarimizda, Vidich Milan klubida bor imkoniyatini namoyon qilishi uchun unga yangi chempionat va jamoadagi beqarorlik halal bergan.

Bundan tashqari, "Inter" tarkibida o'zini to'liq namoyon eta olmagan bir qancha futbolchilar bor. Siz bu ro'yxatga yana kimlarni qo'shgan bo'lar edingiz?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика