"Inter" xo'jayini 320 million evro miqdoridagi qarzni yopishi shart
23 mar 23:09
Yangiliklar
"Inter" xo'jayini 320 million evro miqdoridagi qarzni yopishi shart
"Inter" xo'jayini Stiven CHan Xitoy qurilish banki oldidagi 320 million evrolik qarzini yopishi kerak.
CHanga tegishli bo'lgan Suning Holdings kompaniyalari tomonidan boshqariluvchi Great Matrix Limited kompaniyasi 255 million evro miqdorida qarz olgan. Kreditni yopish bo'yicha majburiyatlar ijro etilmagan.
"Inter" xo'jayini Xonkongda uch oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. CHan u erdagi sudda yutqazgan.
"Inter" A Seriyada 29 turdan so'ng 76 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida birinchi o'rinda ketmoqda.
Fikrlar