"Inter" Vidal va Sanchesning taqdirini hal qildi
21 avg 2021 16:15
Yangiliklar


"Inter" Vidal va Sanchesning taqdirini hal qildi
Milanning "Inter" klubi hujumchi Aleksis Sanches va yarim himoyachi Arturo Vidalning kelajagini belgilab oldi.
Bu haqda "neradzurrilar" bosh direktori Juzeppe Marotta malum qildi.
"Ikki o'yinchi ham biz bilan qoladi. "Inter" aniq takliflar olmadi, shu sabab Vidal va Sanches jamoamiz uchun o'ynashda davom etishadi. Bular jamoamizning muhim futbolchilaridandir", - deydi u.
O'tgan mavsum skudettoni qo'lga kiritgan Milan klubi Romelu Lukaku ("CHelsi") va Ashraf Xakimi (PSJ) singari etakchilarini sotib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar