"Inter" va "Arsenal" Belerinning transferi borasida kelisha olmayapti
16 iyu 2021 11:24
Yangiliklar
"Inter" va "Arsenal" Belerinning transferi borasida kelisha olmayapti
"Inter" va "Arsenal" "kanonirlar"ning ispaniyalik himoyachisi Ektor Belerinning transferi borasida kelisha olishmayapti.
"Inter" PSJga o'tgan marokashlik Ashraf Xakimiga o'rinbosar izlamoqda va klub Belerin variantini ko'rib chiqmoqda.
Belerinning o'zi "Inter" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, ammo klublar hali kelisha olishmadi. "Inter" futbolchini xarid qilmoqchi, "Arsenal" esa uni xarid qilish huquqi bilan ijaga berishni afzal ko'rmoqda.
Futbolchi o'tgan mavsum "Arsenal" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
00:05
A Seriya. "Inter" "Milan"ga qarshi o'yinning oxirgi daqiqalarida mag'lubiyatdan qutulib qoldi 12
Fikrlar