"Inter" Tyuramni transfer qilishga yaqin
21 avg 2021 13:36
Yangiliklar


"Inter" Tyuramni transfer qilishga yaqin
Gladbaxning "Borussiya" klubi forvardi Markus Tyuram Italiya chempionatiga yo'l olishga yaqin.
Nemis tomoni o'z talablarini pasaytirdi va o'yinchini "Inter"ga 25 million evroga sotishga rozi bo'ldi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.
Tyuram Myonxengladbax jamoasida 2019 yildan beri o'ynaydi. U Germaniyaga "Gengam"dan kelgandi. Transfer esa 9 mln evroni tashkil etgan.
24 yoshli franciyalik hujumchi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar