"Inter" tez orada jamoaning muhim o'yinchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qiladi

Alisher
23 okt 2021, 13:34
Milanning "Inter" klubi yetakchilaridan biri Nikolo Barella tez orada A Seriyaning amaldagi chempioni bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Tomonlar o'rtasida muzokaralarning bir nechta bosqichi o'tkazildi va ular qiyinchiliksiz o'tdi.

Klub o'yinchini saqlab qolmoqchi, italiyalikning o'zi esa "Inter"da faoliyatini davom ettirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano