So’nggi yangiliklar

11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  1 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  16 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9

"Inter Sport" Litva klubi bilan o'ynadi Yangiliklar

"Inter Sport" Litva klubi bilan o'ynadi

Teglar :  LitvaLatviya
Evropada o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borayotgan Toshkentning "Inter Sport" havaskorlar futbol klubi uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

22 sentyabr kuni Toshkentdan yo'lga chiqqan "Inter Sport" Litva poytaxti Vilnyus orqali Latviyaga yo'l olgandi. Jamoa azolari Latviyada ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Birinchi o'yin Latviya birinchi ligasi vakili "Tukums 2000" jamoasiga qarshi, ikkinchi o'yin esa ikkinchi liga jamoasi "Yurnieks" bilan bo'ldi. 

Rejaga ko'ra uchinchi nazorat bahsi Litva oliy ligasi vakili (bu erda A liga deyishadi) "Jalgiris Kaunas" klubiga qarshi kechdi. O'zbekistondan tashrif buyurgan delegaciya Latviyada ikkita o'yin o'tkazib bo'lganidan so'ng 28 sentyabr kuni Tukumsdan Litvaning Kaunas shahri tomon yo'l oldi. Avtobusda besh yarim soat yo'l yurgach, o'yin bo'ladigan stadionga etib keldik. 

Litva oliy ligasida ikkita "Jalgiris" nomidagi klub qatnashadi. Bittasi mamlakat poytaxti Vilnyus klubi bo'lib turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti. Ikkinchisi esa Kaunasning "Jalgiris" futbol klubi va bu jamoa beshinchi o'rinni egallab turibdi. Umuman olganda Litva chempionatida 8ta klub ishtirok etadi. CHempionatni o'tkazish tartibi ham qiziq ekan. 

CHempionat start olgach 8ta klub o'zaro to'rt davrali tizimda o'ynaydi va bu 28 tur davom etadi. 28-tur yakuniga etganidan so'ng 8-o'rinni olgan jamoa birinchi ligaga tushib ketadi. 7-o'rindagi jamoa esa birinchi liganing ikkinchi klubi bilan o'tish o'yinida ishtirok etadi. Birinchi liga chempioni to'g'ridan-to'g'ri A ligaga chiqadi. 

CHempionat shu bilan tugab qolmaydi. A ligadagi qolgan oltita klub yana beshta o'yin o'tkazadi. Faqat bunda 1-2-3 o'rinni olgan klublar uyda uchta, safarda 2ta o'yin o'tkazishadi. 4-5-6 o'rinlarni egallagan jamoalar esa aksincha uyda ikkita, safarda uchta uchrashuvda maydonga tushishadi. SHu tariqa kuchli oltilikka kirib olgan jamoalar bir yil ichida jami 33ta tur o'tkazishadi. 

"Inter Sport" bahs olib borgan "Jalgiris Kaunas"ga qarshi o'yin raqib jamoaning asosiy maydonida kechdi. Malum bo'lishicha, 2019 yildan ushbu stadionda qayta tamirlash olib boriladi hamda barcha qurilish ishlari turklar tomonidan bajariladi. Yangi stadion foydalanishga topshirilgunga qadar jamoa o'z bazasi yonidagi o'yingohda o'ynab turar ekan. 

Kechagi o'yin ham o'ziga yarasha qiziq kechdi. Birinchi taymda har ikkala jamoada gol urish uchun qulay imkoniyatlar bo'ldi, biroq darvozaga to'p kiritish hech kimga nasib etmadi. Ikkinchi taymda esa bosh hakam "Inter Sport" darvozasi tomon shubhali penalti belgiladi. Bu vaziyatda darvozabon raqib o'yinchisiga qo'pollik qilmagandi, qolaversa narigi tomondagi futbolchi o'yindan tashqari holatda turgandi. Penalti bo'lishidan oldin litvaliklar gol urishdi, qanot hakami bayroqchasini ko'tarib o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Bosh hakam esa yo'q joydan penalti qo'ydi. Xullas, tushunarsiz holat. 

SHuni aytish joiz, ham Latviyada, ham Litvada o'ynagan bo'lsak, bu erda hakamlar saviyasini yuqori deb bo'lmaydi. Bundan tashqari, hakamlarning maydonda o'zaro bir-birini tushunib harakat qilishi yo'q. Hamma o'z bilganicha qaror chiqaradi. Bazan bosh hakam boshqa narsa, qanotdagi yordamchisi boshqa narsa deydi. Balki oliy ligasida hakamlik yuqori darajadadir, lekin bizning o'yinlarda hakamlarga mahorat va bir-birini tushunish etishmasligi ko'rinib qoldi. 

Maydon egalari ikkinchi golni qarshi hujumda urishdi. Albatta, 0:1 hisobida yutqazayotgan jamoa bor etiborini hujumga qaratadi. Buning oqibatida esa himoyada bo'shliq yuzaga kelishi mumkin. "Inter Sport" futbolchilari shunga o'xshash holatda raqib hujumini o'tkazib yuborishdi. Bu esa ikkinchi golga olib keldi. SHu tariqa o'yin mezbonlarning g'alabasi bilan yakun topdi. SHu bilan "Inter Sport"ning Evropada tashkil etgan dastlabki yig'ini o'z nihoyasiga etdi. Endi ertaga Qozog'iston orqali uyga qaytamiz.

O'rtoqlik uchrashuvi. Kaunas. 28 sentyabr.

"Jalgiris Kaunas" - "Inter Sport" 2:0

"Inter Sport" tarkibi: Sardor Tohirov, Behzod Abdullaev, Abdurahim Hamzaev, Saydullo Toshpo'latov, G'iyosiddin Sobirov, Zahriddin Abduvaliev, Amirxon Ibrohimov, Sarvar Abdullaev, Bekzod Ro'zmatov, Xayrullo Jakbarov, Husan Rasulov.

Zaxiradan tushganlar: Akrom Xo'jaev, Suhrob Nashvanqulov, Javlonbek Nematov, Ikrom Ko'chimov, Asadbek Ro'zimatov, Eldor Kabirov, Sardor Fozilov, Muhammad Mahmudov, Azizbek Ro'ziqulov.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика