So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

O'zbekistonda Andrey Pereplyotkin va boshqa latviyalik legionerlar to'p tepganini bilardim, lekin ularning yutuqlari haqida eshitmagan ekanman - "Qizilqum" darvozaboni Robert Ozolc Yangiliklar

O'zbekistonda Andrey Pereplyotkin va boshqa latviyalik legionerlar to'p tepganini bilardim, lekin ularning yutuqlari haqida eshitmagan ekanman - "Qizilqum" darvozaboni Robert Ozolc

Yangi mavsumdan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qiladigan darvozabon Robert Ozolc bilan bo'lajak mavsum haqida suxbatlashdik.

- Avvalo, O'zbekistonga xush kelibsiz, Robert. "Qizilqum" jamoasiga o'tish qanday yuz berdi? 

- Hammaga salom. Men oldin ushbu jamoani bilmasdim. Lekin mavsum yakunlangach, agentlarim menga "Qizilqum"dan taklif borligini aytishdi. Bu chaqiriq menga yangi manzil edi va men taklifni qabul qildim. Qolaversa, "Qizilqum"ning bo'lajak mavsumdagi maqsadlari menga maqul keldi.

- Nega aynan "Qizilqum" jamoasini tanladingiz?

- Yuqorida aytganimdek, bu men uchun yangi chaqiriq edi. Faoliyatimning aksariyat qismini Latviyada o'tkazganman. SHuning uchun faoliyatimda o'zgarish qilishni xohladim. 



- Robert avval ham o'zbek futboli haqida bilarmidigiz?

- O'zbek futboli haqida juda kam narsalarni bilaman. O'zbek jamoalariga qarshi bir-ikkita o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushganman va ularga qarshi to'p tepganman.

- O'zbek futbolchilardan kimlarni taniysiz?

- Men faqat Italiyada to'p tepadigan futbolchi Eldor SHomurodovni bilaman.

- Yangi jamoangiz haqida nima deya olasiz? Ushbu jamoada barchasi siz o'ylagandekmi?

- Men faoliyatimni asosan Evropada o'tkazganim uchun bu erda nima kutishni aslida bilmasdim. Men yangi tajribaga tayyor edim. SHuning uchun ham aytadigan va kutadigan ko'p narsa yo'q, lekin mashg'ulotlar "Qizilqum"da anchagina yaxshi ekanligini aytib o'tish kerak.

- Bilasizmi, bu erda sizdan avval ham bir nechta latviyalik futbolchilar o'ynab ketgan. Ulardan biri Andrey Pereplyotkin hattoki OFK Kubogini qo'lga kiritgan. Sizda maqsadlar qanday?

- O'zbekistonda bir nechta latviyalik futbolchilar to'p tepganini bilardim, lekin ularning yutuqlari haqida eshitmagan ekanman. Menda ham maqsadlar yuqori va yangi jamoamda o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsatib, klubga qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика