So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

"Inter Sport" Latviyada. Birinchi o'yinda omad kelmadi Yangiliklar

"Inter Sport" Latviyada. Birinchi o'yinda omad kelmadi

Teglar :  LatviyaInter Sport
Toshkentning "Inter Sport" havaskorlar futbol klubi o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazish maqsadida Latviyaga yo'l olgani haqida xabar bergandik.

Kecha jamoa azolari xorij yig'inidan o'rin olgan dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. "Inter Sport" futbolchilari Tukums shahrining "Tukums 2000" klubiga qarshi maydonga tushishdi. Kecha xabar berganimizdek, bu jamoa hozirda Latviya birinchi ligasida ishtirok etmoqda va 18 o'yindan so'ng 48 ochko to'plagan holda turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti.

"Tukums 2000" o'tkazgan o'yindan 16tasida zafar quchgan va atigi ikki marta mag'lub bo'lgan. Jamoaning to'plar nisbati ham alo darajada: 50-9. Ko'rinib turibdiki, bu jamoa hujum qilishni yoqtiradi. Oxirgi ikki o'yinda tukumsliklar umumiy 8:0 hisobida zafar quchishgan.

"Inter Sport"ning bu jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi birmuncha kech boshlandi. Bunga sabab shu kuni stadionda "Tukums 2000" hamda Riganing "Ventspils" klublari tarbiyalanuvchilari o'rtasida U-14 musobaqasi o'tkazildi. Latviyada bolalar o'rtasida U-14 musobaqasi yo'lga qo'yilgan bo'lib, bunda jami 16ta jamoa ishtirok etar ekan. 8ta kuchli jamoa elit guruhda, qolgan sakkizta jamoa ustalar guruhida bahs olib boradi.

Bolalar o'rtasida tur uchrashuvlari uy-mehmon tarzida o'tkaziladi. Latviya hududiy jihatdan katta davlat bo'lmagani uchun shaharlar orasi bir-biriga yaqin, shu bois bolalarni u shahardan bunisiga olib borish deyarli qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Aytaylik, uzog'i bilan 3-4 soat yo'lga ketishi mumkin. U-14 musobaqasi yakunida chempion va sovrindorlar aniqlanadi, qolaversa elit guruhdan 7-8 o'rinlarni olgan jamoalar quyi guruhga ravona yo'l oladi. Quyi guruhdan esa akchinsi 1-2 o'rin egalari yuqoriga guruhga chiqishadi. Va keyingi yildan bolalar U-15 bo'lib bahslarni davom ettirishadi.

Endi bevosita "Inter Sport" ishtirokidagi bahsga to'xtaladigan bo'lsak, bunda raqibning birinchi navbatda kuchli ekani (jamoa bejizga birinchi o'rinda bormayapti), futbolchilarning bir-birini yaxshi tushunishlari hamda jamoada o'yin amaliyoti etarli ekani sezilib turdi. "Inter Sport" esa yaqinda yig'ilgani bois hozircha futbolchilarning jamoa sifatida to'liq bir-birlarini tushunib etmagani mazkur o'yinda bilindi va shuning uchun ham birinchi o'rtoqlik uchrashuvida 1:4 hisobidagi mag'lubiyat yuz berdi.

Jamoa bosh murabbiyi Dilshod Ibrohimov nazorat bellashuvida barcha futbolchilarni sinab ko'rdi. Albatta, o'rtoqlik o'yinlarida natija muhim emas, asosiysi futbolchilarning holatini ko'rib olish va keyinchalik mavjud kamchiliklar ustida ishlash. Garchi "Inter Sport" dastlabki uchrashuvda yirik hisobda yutqazib qo'ygan bo'lsa-da, bazi futbolchilar o'zlaridan iliq taassurot qoldirishdi. Hatto raqib jamoa ustozi Andrey Lapsa ham o'yindan keyin o'zbekistonlik futbolchilar orasida texnikasi yaxshilar borligini aytib o'tdi.

24 sentyabr. O'rtoqlik uchrashuvi

"Tukums 2000" - "Inter Sport" 4:1
Gol: 
Suhrob Nashvanqulov.

"Inter Sport" tarkibi: Akrom Xo'jaev, Behzod Abdullaev, Saydullo Toshpo'latov, G'iyosiddin Sobirov, Zahriddin Abduvaliev, Amirxon Ibrohimov, Sarvar Abdullaev, Bekzod Ro'zmatov, Xayrullo Jakbarov, Muhammad Mahmudov, Sardor Fozilov.

Zaxiradan tushganlar: Ubaydulla Inoyatillaev, Sardor Tohirov, Suhrob Nashvanqulov, Javlonbek Nematov, Abdurahim Hamzaev, Ikrom Ko'chimov, Asadbek Ro'zimatov, Eldor Kabirov, Azizbek Ro'ziqulov, Husan Rasulov.

X.Xoliqov, Latviyaning Tukums shahridan.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика