"Inter" sayti Mauro Ikardining rasmlarini o'chirib tashladi
24 may 2019 23:05
Yangiliklar


"Inter" sayti Mauro Ikardining rasmlarini o'chirib tashladi
Argentinalik futbolchi Mauro Ikardining Interdan ketishi deyarli aniq bo'lib bormoqda.
Calciomercato'ning malum qilichicha, «neradzurrilar» rasmiy sayti promo-materiallardagi Ikardining rasmlarini o'chirib yuborgan.
Avvalroq, 26 yoshli hujumchi Xalqaro chempionlar kubogi-2019 mavsumoldi o'rtoqlik turniri doirasida «Yuventus»ga qarshi bahs uchun chiqarilgan posterga ham kiritilmagandi.
Mauro joriy mavsum «Inter» safida 27 bahsda qatnashib, 10ta gol urishga erishdi. U mavsum davomida sardorlik bog'ichidan maxrum etilib, jarohatlar oqimiga tushib qoldi. SHu sababli, futbolchining klubdagi mavqeyiga putur etgani aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar