"Inter" Romelu Lukaku bo'yicha yangi taklif ishlab chiqdi
16 iyu 2019 14:15
Yangiliklar


"Inter" Romelu Lukaku bo'yicha yangi taklif ishlab chiqdi
Milanning "Inter" klubi "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukaku borasida muzokaralar olib bormoqda.
"Neradzurrilar" "qizil iblislar"ga yangi taklif bilan chiqishdi. Unga ko'ra Italiya klubi futbolchi uchun 63 million funt sterling to'laydi.
Lukaku yakunlangan mavsum MYU tarkibida 45 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va 4 golga assistni amalga oshirdi.
Romeluning MYU bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Belgiya terma jamoasi hujumchisi "Inter"dan ketishi kutilayotgan Mauro Ikardining o'rnini egallashi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar