"Inter" Perishichni transferga qo'ydi
22 apr 2021 17:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633093_original.jpg)
![](/upload/storage/633093_220.jpg)
"Inter" Perishichni transferga qo'ydi
Milanning "Inter" klubi xavbeki Ivan Perishich yozda sotilishi mumkin.
Italiya klubi rasmiy ravishda 32 yoshli xorvatiyalik futbolchini sotuvga qo'ydi. Yarim himoyachining ketishi kam o'yin amaliyoti sabab uning jamoaga bo'lgan munosabati bilan bog'liq.
Xabarlarga ko'ra, "Monako" Perishichni 10-15 million evroga xarid qilishga tayyor.
Xorvat joriy mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar