"Inter" Paulinoni ijaraga olmoqchi

Narzulla Saydullayev
26 dek 2014, 08:30
"Inter" klubi vakillari Londonga "Tottenxem" yarim himoyachisi Paulinoni ijaraga olmoqchi.
26 yoshli Paulino o'zidan kutilgan natijalarni ko'rsata olmayapti. "Shporlar" ustozi Maurisio Pochettino unga deyarli ishonmayapti.

London klubi braziliyalik futbolchini boshqa klubga o'tishiga rozi. "Inter" uni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Milan klubi vakillari "Tottenxem" bilan muzokara o'tkazish uchun Angliyaga yetib kelishdi, deb xabar bermoqda Daily Mirror nashri.

"Inter" futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni mo'ljallab turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru