"Inter" o'z nomi va logotipini o'zgartirishni rejalashtirmoqda
18 jan 2021 19:57
Yangiliklar


"Inter" o'z nomi va logotipini o'zgartirishni rejalashtirmoqda
Milanning "Inter" klubi rahbariyati bahorda rebrendingni amalga oshirmoqchi, deb yozmoqda Football Italia.
Manbaga ko'ra, "neradzurrilar" nomi va logotipi mart oyida o'zgartiriladi.
"Inter"ning rasmiy nomi "Football Club Internazionale Milano"dan "Inter Milano"ga qisqartiriladi.
Emblemada sezilarli o'zgarishlar yuz berib, I va M harflari atrofida rivojlantiriladi.
"Inter" "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alaba tufayli A Seriya etakchisi "Milan" bilan ochkolar bo'yicha tenglashib oldi, ammo raqobatchida zaxira o'yini mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar