"Inter" - "Milan" yoxud SHomurodov "Napoli"ga qarshi debyut qiladi
04 fev 2023 11:55
Yangiliklar
"Inter" - "Milan" yoxud SHomurodov "Napoli"ga qarshi debyut qiladi
Ushbu turda biz "Milan derbisi"ga guvoh bo'lish bilan birga, yaxshi sport formasida bo'lgan "Empoli" Rimda "Roma" bilan kuch sinashishini, Eldor "Speciya" bilan etakchi "Napoli"ga qarshi to'p tepishini ko'rishimiz mumkin. Muammolar girdobidagi "Yuventus" esa "Salernitana" mehmoni bo'ladi.
Nazarimizda, turning markaziy (va o'zbekistonlik muxlislarga qiziq bo'ladigan) uchrashuvlari prevyusini etiboringizga taqdim etamiz.
"Roma" - "Empoli"
Roma Roger Ibanez - 2', Tammy Abraham - 6' Serie A . 21-tur 04/02/2023, 22:00
Empoli Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 60908 tomoshabin Bosh hakam: Federico Dionisi
"Kremoneze"ga qarshi kubokdagi to'qnashuvdagi omadsizlikdan keyin "Roma" tarkibida o'zgarishlar bo'lishi aniq. Jarohat sabab Spinnacola bahsda ishtirok eta olmaydi, lekin CHelik safga qaytdi. Hujumchi Abraxamning ishtiroki ham so'roq ostida qolmoqda, ammo o'yingacha u to'liq tayyor bo'lish ehtimoli mavjud.
Mehmonlar tarkibi haqida gapirarkanmiz, Parizi va Xenderson safga qaytishini takidlash zarur. Biroq Grassi, Destro, Ismayli va Tonelli singari futbolchilar jamoaga yordam bera oladimi yoki yo'q, degan savol ochiq qolmoqda. Kristian Zanetti hujumda katta ehtimol bilan Satriano-Kaputo duetiga ishonch bildiradi.
Birinchi davra bahsida "Roma" qiyinchilik bilan 2-1 hisobida zafar quchgan. Hozir ham aynan "jalorossi" favorit, biroq "Empoli"ning imkoniyati mutaxassislar qayd etayotganichalik past emasdek, nazarimda. "Roma" yaxshi sport formasida va stabil o'yin ko'rsatyapti deb bo'lmaydi, lekin "Empoli" esa anchadan buyon mag'lub bo'lmaydi va chindan yaxshi formaga kirib olgan. Joze Mourino jamoasiga oson bo'lmasligi turgan gap.
"Speciya" - "Napoli"
Spezia Serie A . 21-tur 05/02/2023, 16:30
SSC Napoli Khvicha Kvaratskhelia - 47', Victor Osimhen - 68', Victor Osimhen - 73' Stadion: Stadio Alberto Picco, 10336 tomoshabin Bosh hakam: Marco Di Bello
"Speciya"da tarkib borasida muammolar mavjud. Nzola, Kovalenko, Bastoni va Zut hamon tiklanish jarayonini boshdan o'tkazmoqda, Gyassi esa diskvalificiya qilingan. Bunday holatda SHomurodovning transferi ayni muddao bo'ldi va hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlasa ajab emas. Unga hujumda Verde va Reka yordamlashadi.
"Napoli"da esa hammasi shunchaki ajoyib. Futbolchilarning barchasi sog' va foyda keltirishga tayyor. Katta syurprizlarni kutishga o'rin yo'. Ko'p ehtimol Spalletti ortiqcha eksperimentga qo'l urmaydi. Balki hujumda Osimxen o'rniga Jovanni Simeone o'yinga tushar, kichik Simeone "Roma"ga qarshi bahsda ayniqsa faol edi. Lozano va Xvicha qanotlardan forvardga yordamlashadi.
Jamoalarning birinchi davradagi bahsi ancha murosasiz ruhda o'tgan, "Napoli" jiddiy qarshilikka duch kelgandi. O'yin taqdirini esa Raspadori oxirgi daqiqalarda kiritgan yagona gol hal etgan. Titul tomon ishonchli odimlayotgan "Napoli" bu uchrashuvda ham yaqqol favorit, lekin o'yin qanday bo'lishini yuz foiz ishonch bilan aytib bo'lmaydi. "Speciya" Neapolning hujum chizig'ini to'xtatib qola oladimi, SHomurodov etakchiga qarshi bahsda o'zini ko'rsata olarmikin? Savollarga javob olish uchun o'yinni albatta kuzatib borish zarur.
"Inter" - "Milan"
Inter Lautaro Martinez - 34' Serie A . 21-tur 06/02/2023, 00:45
AC Milan Stadion: Giuseppe Meazza, 75584 tomoshabin Bosh hakam: Davide Massa
SHkrinyar va Barella diskvalifikaciya muddatini o'tkazishdi va o'yinga tayyorlar, lekin slovakiyalik himoyachi asosiy tarkibda tushishi aniq emas. Barella esa maydon markazida Mxitaryan va CHalxanoglu bilan yonma-yon harakat qilishi juda zarur. Brozovich katta ehtimol zaxiradan bahsga qo'shiladi. Hujumda esa Inzagi derbida Romelu Lukakuga imkon berishi mumkin.
Piolining boshini og'ritadigan masalalar esa ancha-muncha. SHundoq ham etarli bo'lgan jarohatlarga Benaserniki qo'shildi, yarim himoyachi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq va uning o'rnini Pobega egallashi kutilmoqda. Menyan va Tomori safga qaytib ulgurgani aytilmoqda, lekin ular birdaniga bunday to'qnashuvda maydonga tushirilarmikin?
Yaqinda jamoalar mamlakat Superkubogida ro'baro kelishgandi, o'shanda "Inter" ishonchli o'yin ko'rsatib, 3-0 hisobida g'alaba qozongandi. Bo'lajak bahs oldidan ham "neradzurri" favorit. "Milan" hozir og'ir davrni boshdan o'tkazmoqda. Buni jamoa ustozi ham tan olib ulgurdi. Biroq "Inter"ning o'zi ham stabillik borasida maqtana olmaydi. Nima bo'lganda ham bu derbi va unda istalgan voqea yuz berishi mumkin.
"Salernitana" - "Yuventus"
Salernitana |
Serie A . 21-tur 08/02/2023, 00:45 3
:
0
Tugadi
|
Juventus Dusan Vlahovic - 26', Filip Kostic - 45', Dusan Vlahovic - 47' |
Stadion: Stadio Arechi, 26945 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Rapuano
Davide Nikola bu bellashuvda Pentek-Dia duetini ishga solmoqchi, bu ikki futbolchi avvalgi bahsda juftlik sifatida o'zini ijobiy tomondan ko'rsata oldi. Majori va Facio hali ham lazaretda, shu sabab himoya markazida Bronn va Trost-Ekongni ko'ramiz.
Pogba va Bonuchchining safga qaytilishi kutilganidan cho'zilmoqda, Vlaxovich esa kubok doirasida "Lcio"ga qarshi o'yinda ishtirok etib ulgurdi. Milik jarohat olib, bir oyga safdan chiqqan bir vaziyatda Dushan asosiy tarkibda bo'lishi deyarli aniq. Hujumda serbiyalikka Di Mariya va Keza yordamlashadi.
Avvalgi dramatik bahs 2-2 hisobida yakunlangandi. Hozir esa mutaxassislar "Yuventus"ning imkoniyatlarini ancha yuqori baholashmoqda. Qog'ozda "keksa sinora" chindan favorit, "Monca"ga qarshi omadsizlikdan keyin yana ochko yo'qotib bo'lmaydi. SHu kabi barcha faktorlarni inobatga olib, Allegri jamoasi musobaqa jadvalidagi qo'shnilarini mag'lub etishi kerak.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar