"Inter" "Manchester Yunayted"ga Lukaku uchun bonus to'ladi
04 mar 2021 17:38
Yangiliklar


"Inter" "Manchester Yunayted"ga Lukaku uchun bonus to'ladi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati MYUdan olingan hujumchi Romelu Lukaku uchun bonuslarni hisoblashdi.
"Neradzurrilar" Lukakuning muvaffaqiyati sabab "qizil iblislar"ga 1,9 million evro bonus to'lashdi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli o'yinchi Milan klubiga 2019 yilning yozida o'tgan edi. Romelu "Inter" bilan 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Lukaku joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar