"Inter" Lukakuni olib qolmoqchi emas
17 sen 2022 20:35
Yangiliklar
28 yoshli futbolchi o'tgan oyda "CHelsi"ga 115 mln evroga pullab yuborilganidan bir yil o'tib sobiq jamoasiga ijaraga berildi.
Ushbu mavsumda jarohati bilan kurashib kelgan belgiyalik hisobida 3 ta o'yinda kiritilgan yagona to'p mavjud.
"Inter" allaqachon futbolchini ijaraga olgani uchun 8 mln evro to'ladi. Agar bu shartnoma yana bir yilga cho'ziladigan bo'lsa, to'lov 2 mln ga ortib 10 mln bo'ladi. Uni doimiy olib qolishning ehtimoli past, deya baholanmoqda.
Lukakuning "Stemford Brij" egalari bilan tuzgan bitimi 2026 yilga qadar kuchga ega bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar