"Inter" Lautaro bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
17 may 2021, 17:38
"Inter" hujumchi Lautaro Martines bilan bitimni uzaytirishga yaqin.

Xabarlarga ko'ra, Italiya klubi ayni damda o'yinchining agenti bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Inter" uni saqlab qolish uchun maoshini bir mavsum uchun 4,5 million evroga qadar ko'tarishga tayyor.

Oldinroq, argentinalik futbolchining "Atletiko"ga o'tishga yaqin ekanligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport