"Inter" Konte boshqaruvida ilk uchrashuvni o'tkazdi
15 iyu 2019 00:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/506388_original.jpg)
![](/upload/storage/506388_220.jpg)
"Inter" Konte boshqaruvida ilk uchrashuvni o'tkazdi
Antonio Konte Inter ustozligidagi debyutini SHveycariyaning Lugano klubiga qarshi o'tkazdi.
Mavsumoldi bahsida «neradzurrilar» 2:1 hisobida zafar quchishdi. «Inter» safida gollarni «Sassuolo»dan ijaraga olingan yarim himoyachi Stefano Sensi hamda xorvatiyalik Marselo Brozovich urishdi, SHveycariyaliklar esa mazkur gollarga 20 yoshli forvard Leotrim Krieziuning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi.
Eslatib o'tamiz, Konte shogirdlari navbatdagi uchrashuvni Xalqaro CHempionlar Kubogi o'rtoqlik turniri doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin 20 iyul kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar