"Inter" Godinning ketishi orqali 20 million evro iqtisod qilmoqchi

Alisher
8 apr 2020, 14:42
"Inter" himoyachisi Diego Godin Milan klubdan ketishga yaqin.

Godin "Inter"ga o'tgan yozda "Atletiko"dan erkin agent sifatida o'tgandi, ammo mavsum so'nggida u klubdan ketishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Inter" 34 yoshli urugvaylik futbolchining jamoadan ketishi ortida 20 million evro iqtisod qilmoqchi. U har mavsum bonuslardan tashqari 5 million evro maosh oladi.

Futbolchining "Inter" klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Godin joriy mavsum A Seriyada 16ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato