"Inter" futbolchisining uyini "Torino"ga qarshi o'yin payti "urib" ketishdi
23 dek 2021 23:46
Yangiliklar
"Inter" futbolchisining uyini "Torino"ga qarshi o'yin payti "urib" ketishdi
Stefano Sensi stadiondaligi paytida uning uyida o'g'rilar "sayr" qilib yurishardi.
"Inter" klubi yarimhimoyachisi Stefano Sensining uyiga o'g'ri tushdi. Voqea Italiya A Seriyasi 19-turidan o'rin olgan "Inter" - "Torino" bahsi payti yuz bergan. Jinoyatchilar Sensining uyidan 70 ming evrolik soat, futbolchi va uning rafiqasiga tegishli qiymati 200 ming evroga yaqin qimmatbaho buyumlarni qo'lga kiritishgan.
Eslatib o'tamiz, Italiyada bu kabi holatlar ko'p takrorlanmoqda. Bundan bir necha kun avval "Napoli" yarimhimoyachisi Adam Unasni uyi yaqinida to'nab ketishgandi.
Fikrlar