"Inter" Eriksenni Paredesga almashishi mumkin
13 noy 2020 14:25
Yangiliklar
"Inter" Eriksenni Paredesga almashishi mumkin
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen qishki transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.
"Qora-ko'klar" anchadan buyon PSJ xavbeki Leandro Paredesni kuzatishmoqda va u bilan shartnoma imzolashga qiziqishmoqda. Tomonlarning futbolchi almashishlari istisno etilmayapti.
Qayd etish kerakki, "Inter" daniyalik futbolchini ijaraga berish bo'yicha taklifga ega, ammo klub prezidenti uni faqat sotishga tayyor.
U klub tarkibida 2020 yilning yanvaridan beri to'p tepadi va shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Eriksen joriy mavsum 7ta o'yinda, 26 yoshli Paredes esa 5ta o'yinda maydonga tushdi.
Argentinalik futbolchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar