"Inter" ECHL'ning yangi mavsumi uchun 23 futbolchidan iborat qaydnomani elon qildi
03 sen 2019 23:10
Yangiliklar


"Inter" ECHL'ning yangi mavsumi uchun 23 futbolchidan iborat qaydnomani elon qildi
Unga ko'ra, Antonio Kontening ro'yxatidan yozgi transfer oynasida qo'lga kiritilgan 17 yoshli yarim himoyachi Lyusen Agume hamda uchinchi darvozabon Tommazo Berni tushib qolgan.
«F» guruhida «neradzurrilar»ga «Barselona», «Borussiya D» hamda «Slaviya Praga» jamoalari raqiblik qiladi.
Darvozabonlar: 1. Xandanovich, 27. Padelli.
Himoyachilar: 2. Godin, 6. De Vrey, 13. Ranokkya, 18. Asamoa, 21. Di Marko, 33. DʼAmbrozio, 34. Biragi, 37. SHkriniar, 95. Bastoni.
Yarim himoyachilar: 5. Galyardini, 8. Vesino, 12. Sensi, 19. Lazaro, 20. Valero, 23. Barella, 77. Brozovich, 87. Kandreva
Hujumchilar: 7. Sanches, 9. Lukaku, 10. Martines, 16. Politano.
P.S. Zaxira ro'yxati, yani, qaydnomaga kiritilgan futbolchilar jarohat oladigan bo'lsa, quyidagi yoshlar jamoasi azolari ularning o'rnini to'ldiradi: 30. Espozito, 31. Pirola, 35. Stankovich, 36. SHiro, 38. Poccer.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar