"Inter" derbi chiptalari sotuvidan 5,5 million evro daromad qildi

9 fev 2020, 23:12
Bugun A Seriya 23-turida Milan derbisi o'tkazilayotganidan xabaringiz bor.

"Football Italia" nashri xabariga ko'ra, "Inter"-"Milan" uchrashuvi uchun 75 mingga yaqin chipta sotilgan. Yani, bugungi bahsning nominal mezboni hisoblanadigan "neradzurrilar" 5,5 million evro ishlab topdi. Bu Italiya chempionati tarixidagi to'rtinchi natijaga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia