So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Ronaldudan xet-trik, "Inter" - chempion? A Seriya 27-turi haqida Yangiliklar

Ronaldudan xet-trik, "Inter" - chempion? A Seriya 27-turi haqida

Italiya chempionatining 27-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Inter" yana g'alaba qozondi

Umuman olganda "Inter" Turinda doim qiynaladi. To'g'ri, bu safar o'yin startidayoq mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Perishichning uzatmasidan keyin Lautaroning bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Undanda qulayroq imkoniyat Silverida bo'ldi, lekin Verdining uzatmasidan keyin uning bosh bilan yo'llagan to'pini Xandanovich bir amallab qaytarib yubordi. Keyingi vaziyatda Lukaku to'pni darvoza chizig'idan qaytarib qoldi. Umumiy olib qarasak, bo'lim ko'proq yakka kurashlar, ayniqsa maydon markazidagi bellashuvlar bilan o'tdi.

Tanaffusdan keyin "Inter" bosimni kuchaytirdi, ammo kombinacion o'yin ko'ngildagidek chiqmayotgandi. Asosiy xavf faqatigan qanotdan havolatib uzatilgan to'plardan keyin bo'ldi. Ko'p narsa maydonga Eriksen tushganidan keyin o'zgardi. Datchaniyalik Lukakuga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Romelu to'pni oldinroqdagi Lautaroga yo'lladi va argentinalikni jarima maydoni ichida yiqitishdi - penalti. Nuqtaga belgiyalik hujumchi yaqinlashdi va ishonchli tarzda imkoniyatdan unumli foydalandi. "Inter" ko'p o'tmay ikkinchi golni urishi mumkin edi, lekin himoyachilar unutib qo'ygan Xakimining zarbasini Sirigu oyoqlari bilan qaytarishni uddaladi. "Torino" esa o'z navbatida standartdan foyda chiqara oldi, Sanarabiya "to'polon bo'layotgan" jarima maydonchasi ichida, to'pni darvozaga yo'llashni uddaladi. "Torino" himoyaga qaytdi va kuchli qarshilik ko'rsata boshladi. Biroq "Inter" baribir niyatiga etdi. Bu o'rinda o'yinchi almashtirish ish berganini takidlab o'tish lozim. Aleksis o'ngroqdan ideal uzatmani amalga oshirdi va Lautaro mo'ljalda adashmadi. "Inter" muhim g'alabani qo'lga kiritdi, lekin jamoaga tanffus zarurligi yaqqol ko'rinib turibdi.

"Yuventus" "Kalyari"ni engdi

ECHldan chiqib ketgach "Yuventus" tomon ancha-muncha toshlar otilgani hech kimga sir emas. SHu sababli ham "Kalyari"ga qarshi bellashuv o'ta muhim edi. Mehmonlar ishni paysalga solib o'tirishmadi, Kuadrado burchak zarbasini amalga oshirdi va havoda muallaq turib qolgan Krishtianu 10-daqiqadayoq hisobni ochdi. "Yuventus" chindan ishga jiddiy kirishgani sezilib turardi. Ko'p o'tmay Federiko Keza ajoyib uzatma bilan Moratani to'p bilan taminladi, lekin uning yaqin masofadan bergan zarbasini golkiper bartaraf eta oldi. Yana bir necha daqiqa o'tib, "Yuventus" penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi va Ronaldu dubl qayd etdi. Bu goldan keyin "Kalyari" turinliklar "bayramini" buza olmasligi amalda malum bo'ldi, lekin mehmonlar bosimni davom ettirishdi. Keza bu safar Ronalduga assistent rolida ishtirok etdi va portugaliyalik jarima maydonida himoyachilarni chalg'itib, darvozani aniq nishonga oldi. Bo'lim so'ngigacha "keksa sinora" oradagi farqni yanada yiriklashtirishi mumkin edi, lekin to'p darvo to'riga borib tushishni istamadi. 


Ikkinchi bo'limda "Kalyari" biroz o'ziga keldi va hujum qila boshladi. SHensni ham maydondaligini eslatishiga to'g'ri keldi. Ayniqsa Marinning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, polshalik posbon to'sin ostiga ketayotgan to'pni qaytarishni uddaladi. Keyingi vaziyatda Cappa yanotdan to'pni jarima maydoniga etkazdi, u erda esa himoyachilar negadir Simeoneni yolg'iz qoldirishgandi va kichik Simeone osonlik bilan darvozani ishg'ol etdi. Ammo qolgan daqiqalarda "Kalyari" "byankoneri" himoyasini ortiq dezovta qila olmadi. Natijada, "Yuventus" g'alaba qozonib "Inter"ni taqib qilishga jiddiy kirishdi.

"Milan" qoqildi, "Napoli" esa yuqori o'rinlar uchun kurashga qo'shilgandek

Evropa Ligasi uchrashuvi bilan solishtirganda "Milan" "Napoli"ga qarshi bellashuvni ancha faol boshladi. CHalxanoglu aylanma zarbasi bilan hisobni ochishi mumkin edi, lekin to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi. "Napoli" esa sekin-asta o'ziga kela boshladi va o'yin tizginini o'z qo'liga oldi. Qizig'i, ikki bor zarba berish uchun qulay nuqtada yarim himoyachi Zelinski paydo bo'ldi. Har ikki jamoada charchoq alomatlari baribir sezilar va bo'limda xavfli vaziyatlar bo'lmadi hisobi.


Lekin ikkinchi bo'lim avvalida "Napoli" yaxshi hujum uyushtira oldi. Yana Zelinski bosh rollarda, Petrning ajoyib uzatmasidan keyin Politanoning bergan zarbasi oldida Donnarumma ojiz qoldi. O'tkazib yuborilgan gol "Milan"ga yomon tasir qildi va jamoa hujumga borish, hisobni tenglashtirishga urinishi o'rniga, "Napoli" golga yaqinroq edi. Faqatgina o'yinning so'nggi daqiqalarida "Milan" "uyg'ondi" va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Hisobni tenglashtirish uchun Rebichda yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin Ospina jamoasini goldan qutqardi. Rebich oxir-oqibat uchrashuv qaydnomasiga kirdi, ammo penalti ishlashga uringani uchun futbolchi qizil kartochka ishlab oldi va maydonni qolganlardan ertaroq tark etdi. "Napoli" ancha muhim g'alabani qo'lga kiritdi va endi "Yuventus" bilan qoldirilgan bahsdagi kurashga tayyorgarlik ko'radi, "Milan" esa nimanidir o'zgartirmasa, jamoa bundanda yomonroq vaziyatga tushib qolishi hech gap emas.

"Atalanta" "Speciya"

Albatta, Gasperini rejalarining bir chetida "Real" bilan bo'lajak uchrashuv yotardi, lekin bu o'yinni ham bergamoliklar ancha tetik boshlashdi. Murielning jarimadan uzatgan to'pini Pashalich darvozaga to'g'rilab qo'ymoq bo'ldi, lekin mo'ljalda biroz adashdi. "Speciya" ham omadini hujumdan izlashi hech kimga sir emas, vaziyatlarning birida Richchining zarbasidan keyin Sportello katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishni uddaladi. 


Tanaffusdan keyin esa "Atalanta" yanada ko'proq kuch bilan hujumga tashlandi. Pashalich ijrosidagi pressing ish berdi va uning o'zi qanotdan Ilichich uzatgan to'pni qabul qilib, ikkinchi urinishda hujumni yakunladi. "Atalanta" raqib o'ziga kelishini kutib o'tirmadi ham. Oradan 2 daqiqa o'tib Gosens boshi bilan to'pni Murielga etkazdi, hujumchi esa ajoyib zarba bilan raqib posbonini dog'da qoldirdi. Pashalich esa mezbonlar safida eng faol o'yinchi bo'ldi. U doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmaydi, lekin bu safar imkoniyatidan ajoyib tarzda foydalandi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Avvaliga u Gosensning uzatmasidan keyin boshi bilan xavfli zarba yo'lladi, keyinroq esa jarima maydoni ichida Sapatadan uzatmani qabul qilib, to'pni darvozabonning yonidan o'tkazib, nishonga aniq yo'lladi. SHu o'rinda hujumkor futbolni xush ko'ruvchi "Speciya" ham maydonni golsiz tark etishi adolatdan bo'lmasdi. Pikkoli ko'plab futbolchilar bir nuqtada to'planib qolganiga qaramay, to'pni darvozaga yo'llay oldi. Oxirgi daqiqalarda "Atalanta" hisobni yirik ko'rinish xosil qilishini taminlashi mumkin edi, lekin bergamoliklar imkoniyatlardan unumli foydalanishda oqsashdi. "Milan" bilan oradagi farq endi bor yo'g'i 4 ochko va yuqori o'rinlar uchun kurash endi boshlandi.

SHuningdek, "Lacio" "Krotone"dan, "Fiorentina" esa "Benevento"dan kuchliroq. "Jenoa" va "Udineze" murosa ko'chasini tanlashdi.

Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика