“Inter” bosh murabbiyi final o'yini haqida: “To'p darvozaga kirishni istamadi”
11 iyu 2023 09:07
Yangiliklar
“Inter” bosh murabbiyi final o'yini haqida: “To'p darvozaga kirishni istamadi”
“Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi ECHL finalidagi mag'lubiyat haqida gapirdi.
“Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik, bu bilan faxrlansak bo'ladi. Men har bir futbolchimni uchrashuv yakunidan so'ng bag'rimga bosdim, ular ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Ular muxlislarimiz kabi boshqa natijaga haqli edilar. Menimcha, bugun barcha bizning o'yinimizni ko'rib xursand bo'ldi. So'nggi 25 daqiqada maydonda nimalar bo'lganini hamma ko'rdi.
Bugun to'p raqib darvozasiga kirishni istamadi. Afsuski bu holat aynan finalda bo'ldi. Biz to'sinni poyladik, to'p darvoza chizig'ida qolib ketdi. Bugun omad kelmadi. Bu futbol, futbolda esa bunday holatlar bo'lib o'tadi. Biz “Man Siti”ga qarshi o'zimizni kuchli tomonlarimizni ko'rsatishga harakat qildik va buni yaxshi amalga oshirdik”,-dedi Simone Indzagi.
Fikrlar