"Inter" bosh murabbiyi Eriksen haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2021, 19:51
Simone Inzagi daniyalik yarim himoyachining kelajagi to'g'risida fikr bildirdi.

Evro-2020 ilk turida yurak xurujiga uchragan Kristian Eriksen faoliyatini qayta tiklay oladimi yoki yo'qmi, hozircha aniq emas. Eriksen futbolga qaytgan taqdirda ham, "Inter"ni tark etish xavfi bor, chunki Italiyada implantaciya qilingan defibrilatorda sport bilan shug'ullanish taqiqlanadi.

Ayni paytda "Inter"ning yangi bosh murabbiyi Simone Inzagi Kristian Eriksenning kelajagi haqida gapirdi.

"Men Eriksen bilan gaplashdim, ammo bu suhbat Yevropa chempionatidan oldinroq bo'lgandi. Men unga ishonaman. Eriksenning qaytishga hali bir oz vaqt bor. Uni quchoq ochib kutamiz", - dedi Inzagi matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru