"Inter" bosh direktori Lukakuning kelajagiga oydinlik kiritdi
25 iyu 2021 23:32
Yangiliklar
"Inter" bosh direktori Lukakuning kelajagiga oydinlik kiritdi
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta jamoa hujumchisi Romelu Lukaku bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Yozda Romelu Lukaku hech qaerga ketmaydi. U "Inter"ning asosiy o'yinchisi", — deydi Marotta.
Oldinroq "Inter" 120 million evro evaziga futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi. Belgiyalik forvardning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
O'tgan mavsumda Lukaku barcha turnirlarda 44 uchrashuv o'tkazib, 30 ta gol urdi hamda 10 golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar