“Inter” bir yo'la 7 futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
04 jan 2020 21:00
Yangiliklar
“Inter” bir yo'la 7 futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
“Inter” qishki va yozgi transferlar vaqtida jamoaning 7 nafar azosini sotib, yaxshigina mablag'ga ega bo'lmoqchi, deya malum qilgan “Tuttosport”.
Manbaga ko'ra, “neradzurrilar” Estevan Dalber, Mauro Ikardi, Raja Naynggolan, Joau Mariu, Ivan Perishich, Matteo Politano hamda Gabriel Barbozaning transferidan 150 mln. evro ishlab olishni ko'zlagan.
Eslatib o'tamiz, Antonio Konte shogirdlari Italiya chempionati 17 turidan so'ng, 42 ochko to'plagan holda “Yuventus” bilan jadvalda qo'shxokimlik qilmoqda.
Fikrlar