"Inter" "Betis" himoyachisini ijaraga oldi
08 iyu 12:16
Yangiliklar
Italiyaning "Inter" klubi Ispaniyaning "Betis" jamoasi himoyachisi Aleks Peresni ijaraga oldi, deya xabar bermoqda "Relevo" nashri jurnalisti Marselo Moretto.
Xabar qilinishicha, 18 yoshli Peresning ijara shartnomasida 500 ming evrodan kam bo'lmagan summaga sotib olish bandi bor, o'tkazilgan o'yinlar soniga ko'ra bonuslar va futbolchining keyingi sotuvidan foizlar ham ko'zda tutilgan. Tibbiy ko'rik keyingi haftaga rejalashtirilgan.
Aleks Peres 2023/24 yilgi mavsum Ispaniya futbolining to'rtinchi darajali ligasi – Segunda Federason vakili "Betis B"da o'ynadi.
Fikrlar