“Inter” a'zolari koronavirusga test topshirdi

Eldor Akmurzayev
17 may 2020, 20:20
“Neradzurrilar” futbolchilari, murabbiylar shtabi hamda klub xodimlari COVID-19 tahlilidan o'tishdi.

Jamoa rasmiy saytida yozilishicha, ularning barchasi salbiy (hech narsa aniqlanmadi) natija bergan, Endi "Inter" maxsus ehtiyot choralarini ko'rgan holda mashg'ulotlarga kirishishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte 18 maydan boshlab barcha A Seriya jamoalariga to'liq tarkibda mashqlarga qaytish uchun ruxsat bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: inter.it