"Inter" 9 oyda 41 mln evro zarar qildi
24 iyu 2020 22:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582935_original.jpg)
![](/upload/storage/582935_220.jpg)
"Inter" 9 oyda 41 mln evro zarar qildi
"Football Italia" nashri "Inter"ning 2019 yilning iyun oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar bo'lgan moliyaviy hisobotlarini taqdim qildi.
Unga ko'ra, milanliklarning foydasi 11,3 foizga kamaygan. Boshqacha qilib aytganda, "Inter" 41 mln evro zarar qildi.
O'tgan davr mobaynida "Inter" 430 mln evro daromad qildi. Ammo o'tgan safar shunday davrda klubning foydasi 471 mln evroni tashkil qilgandi. Ushbu moliyaviy inqiroz koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgani aniq. SHuningdek, klub bir necha homiylaridan ham ayrildi.
Ammo bu vaqtinchalik holat. Muxlislar stadionga qaytgan taqdirda barcha zarar qoplanib ketishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar