"Inter" 2 mln evro evaziga Podolskini yarim yilga ijaraga olmoqchi
Aslanov Jasurbek
27 dek 2014, 16:46
"Inter" "Arsenal"ga Lukas Podolskini ijaraga olish uchun 2 mln evro taklif qildi.
Italiya klubi ijara tugaganidan so'ng futbolchi transferini sotib olish uchun yana 6 mln evro to'laydi. Ikkala klub vakillari bugun Londonda muzokara o'tkazadi.
Podolskining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilda yakuniga etadi.