So’nggi yangiliklar

15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  0 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  14 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0

Instat: Suriya bilan o'yinning eng yaxshilari - IbrohimHalil va Hojimat Yangiliklar

Instat: Suriya bilan o'yinning eng yaxshilari - IbrohimHalil va Hojimat

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Futbol o'yinlarini tahlil qiluvchi "Instat" kompaniyasi malumotlari asosida terma jamoamiz futbolchilarining Suriya bilan o'yindagi ko'rsatkichlarini taqdim etamiz.

Unga ko'ra chap qanot himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshev 236 ball to'plab terma jamoamiz safida eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Himoyachi o'yin davomida 66ta pas berdi va uning 82 foizi aniq bo'ldi. Bir marta uning to'p uzatishi raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat sodir bo'lishini taminladi. 16 marta kurashga kirishgan Yo'ldoshev 63 foiz kurashda g'olib bo'ldi.

Ikkinchi o'rinda zaxiradan maydonga tushgan Hojimat Erkinov qayd etildi - 227 ball. Ikki marta darvozaga zarba bergan (terma jamoamiz safidagi eng yaxshi ko'rsatkich) Erkinov 12 bor sheriklariga to'p uzatdi va uning 83 foizi aniq bo'ldi. Bir bor to'p uzatish xavfli vaziyatni sodir etdi. Hojimat 13 marta kurashga kirishdi va uning 38 foizida g'olib bo'ldi.



Kuchli uchlikni yana bir zaxiradan maydonga tushgan futbolchi yakunlab berdi. Murod Xolmuhammedov "Instat" bo'yicha 225 ball to'pladi. U 29ta pas berdi va ularning 76 foizi aniq chiqdi. Uchrashuv davomida uning ikkita to'p uzatishi raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni vujudga keltirdi (terma jamoamizdagi eng yaxshi ko'rsatkich). 3 bor kurashga kirishdi va 67 foizida yutib chiqdi.

O'yin davomida o'ng qanot himoyachisiga aylangan Azizjon G'aniev terma jamoamiz safida eng ko'p pas bergan futbolchi bo'ldi - 86ta. Undan keyingi o'rinlarni Yo'ldoshev (66ta), Lutfulla To'raev (58ta) va Islomjon Qobilov (56ta) egallashdi.



To'p uzatishlarning aniqligi borasida Abrorbek Ismoilov peshqadam bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushgan yarim himoyachi 19ta pas berdi va ularning 95 foizi aniq chiqdi. Darvozabonimiz Abduvohid Nematov 27 bor sheriklariga to'p uzatdi va uning 89 foizi manzilga aniq bordi. Islomjon Qobilov (56ta to'p uzatish) va Sanjar Qodirqulov (8ta to'p uzatish) 88 foiz aniqlikka erishishdi.

O'yin davomida terma jamoamiz raqib darvozasi tomon bir marta aniq zarba berishdi. O'sha vaziyatda to'pni Bobir Abdixoliqov tepgandi. Erkinov (2ta), G'aniev, Bozorov, Qodirqulov, Masharipov va Abdixoliqovning yana bittadan zarbasi darvozaga aniq bormadi.



Bahsda terma jamoamiz safida Qobilov va Masharipov havoda raqib bilan kurashdi - 7 martadan. Islomjon 29 foiz holatda g'olib bo'ldi, Jaloliddin esa 14 foiz holatda raqibdan havodagi kurashda ustun keldi. Murod Xolmuhammedov ikki bor havoda kurashga kirishdi va ikkalasida g'olib bo'ldi. G'aniev esa bir bor havodagi kurashga kirdi va unda g'olib bo'ldi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida eng ko'p driblingni Oybek Bozorov amalga oshirdi - 6ta. Ularning yarmi muvaffaqiyatli chiqdi. Yo'ldoshev besh marta dribling qildi (80 foiz muvaffaqiyatli), Erkinov ham beshta dribling ishlatdi (40 foiz muvaffaqiyatli).

Darvozabon Abduvohid Nematov qo'riqlagan darvoza tomon suriyaliklar 9ta zarba berishdi, shundan 4tasi darvozaga aniq bordi. Nematov 3 marta seyv namoyish etdi. Yani aniq zarbalarning 75 foizini qaytardi. Bir bor Nematov superseyv namoyish etdi. Bahs davomida Abduvohid raqibning qanotdan uzatgan 9ta to'pini ushlab oldi.




Index

Daqiqa 

Zarba

Pas

Pas %

Muhim pas

Kurash

Yutilgan kurash %

IbrohimHalil Yo'ldoshev

236

97

-

66

82

1

16

63

Hojimat Erkinov

227

36

2

12

83

1

13

38

Murod Xolmuhammedov

225

27

-

29

76

2

3

67

Islomjon Qobilov

220

97

-

56

88

-

17

41

Abrorbek Ismoilov

218

27

-

19

95

1

2

100

Igor Golban

212

70

-

36

86

-

18

56

Azizjon G'aniev

211

97

1

86

80

-

13

62

Abduvohid Nematov

210

97

-

27

89

-

-

-

Oybek Bozorov

208

61

1

15

87

-

12

25

Dostonbek Hamdamov

202

36

-

15

87

-

5

80

Lutfulla To'raev

195

83

-

58

81

-

14

21

Sanjar Qodirqulov

194

14

1

8

88

-

1

100

Jaloliddin Masharipov

182

61

1

34

76

1

12

25

Bobir Abdixoliqov

182

77

1

13

77

-

15

33

Hojiakbar Alijonov

180

10

-

12

75

-

-

-

Temurxo'ja Abduxoliqov

172

20

-

6

67

-

5

60

Jamshid Iskanderov

171

70

-

44

75

1

11

18




Instat asosida Narzulla tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика