Instat. "Roma" - "Barselona" o'yini haqida qiziqarli statistik ma'lumotlar

Aslanov Jasurbek
11 apr 2018, 11:31
"Barselona" "Roma"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob o'yinida o'z yarim maydonida 24 marta to'pni oldirib qo'ydi.

InStat ma'lumotlariga ko'ra, CHLning bu mavsumida "Barselona" bilan bunday natija qayd etilmagan (o'rtacha har o'yinda 12ta yo'qotish).

"Roma" CHL javob uchrashuvida havodagi kurashlar soni bo'yicha "Barselona"dan sezilarli darajada ustunlik qildi. Rimliklar "ikkinchi qavatda"gi kurashlarning 75%da g'alaba qozondi, bu ularning mavsumdagi shaxsiy rekordi bo'ldi. Havodagi kurashlarda Juan Jezus (6/6), Daniele De Rossi (4/4) va Kostas Manolas (3/3) eng yaxshi natijani qayd etishdi.

"Roma" himoyachisi Kostas Manolas "Barselona"ga qarshi bahsda uzatmalar bo'yicha maydondagi barcha futbolchilardan kamroq xatoga yo'l qo'ydi. Kurashlarda g'olib bo'lish (89%) va uzatmalar soni bo'yicha (92%) u eng yaxshi natijaga erishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: InStat