Instat: Masharipov "Al Vahda"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi
17 okt 2021 13:40
Yangiliklar
Instat: Masharipov "Al Vahda"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi
Bu bahsda "Al Nassr" 5:1 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga chiqdi. Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov raqib darvozasiga 2ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Instat kompaniyasi kechagi o'yinda Masharipovning texnik-taktik harakatlaridan kelib chiqib 419 ball bergan. Bu ikkala jamoadagi eng baland ko'rsatkich. Ikkinchi o'rinda 390 ball olgan Abdulrazzoq Hamdallah, uchinchi o'rinda 353 ballga loyiq ko'rilgan Anderson Taliska qayd etildi.
Demak, instat bo'yicha Mashariponing kechagi o'yindagi harakatlari quyidagicha:
2ta gol
1ta golli uzatma
3ta imkoniyatga ega bo'ldi va 2ta imkoniyatdan unumli foydalandi
2ta imkoniyat yaratib berdi
4ta zarba berdi
3ta aniq zarba
25ta pas
88% paslar aniqligi
2ta xafli vaziyatga sabab bo'lgan pas
2ta qanotdan jarima maydoniga to'p uzatdi (kross)
50% krosslar aniqligi
4 marta to'p yo'qotdi
2 marta to'pni raqibdan qaytarib oldi
13ta yakkakurashda qatnashdi
46% yakkakurashda yutib chiqdi
6 marta hujumdagi yakkakurashda qatnashdi
50% hujumdagi yakkakurashda yutib chiqdi
4 marta dribling ishlatdi
75% dribling o'xshadi
4 marta to'p olib qo'yishga urindi
50% holatda to'pni olib qo'ydi
Fikrlar