Insine umumiy guruhdan alohida shug'ullanmoqda
18 avg 2021 17:16
Yangiliklar
Insine umumiy guruhdan alohida shug'ullanmoqda
"Napoli" yarim himoyachisi Lorenco Insine umumiy guruh futbolchilaridan alohida ishlamoqda.
Bu haqda Neapol klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bunga sabab o'ng oyoq tizzasining engil yallig'lanishidir. O'yinchining A Seriyaning dastlabki tur o'yinida maydonga tushishi so'roq ostida.
Evropa chempioni bo'lmish Lorenco Insine "Napoli"da 2009 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi 2012 yilgacha ijarada yurgan, ammo keyin neapolliklar tarkibiga kira olgan.
Insine klub tarkibida jami 303ta o'yinda maydonga tushib, 84ta gol urishga erishdi. Yarim himoyachining shartnomasi bir mavsumdan so'ng yakuniga etadi va "Napoli" hali uni uzaytirishga shoshilayotgani yo'q.
Fikrlar