Insine: "Italiya terma jamoasi Ispaniyani mag'lub etmoqchi, durang bizga hech narsa bermaydi"
01 sen 2017 15:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/275510_original.jpg)
![](/upload/storage/275510_220.jpg)
Insine: "Italiya terma jamoasi Ispaniyani mag'lub etmoqchi, durang bizga hech narsa bermaydi"
"Napoli" va Italiya terma jamoasi hujumchisi Lorenco Insine Ispaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 saralash uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Biz juda yaxshi terma jamoaga qarshi o'ynashimiz kerak. Ularning tarkibida kuchli yosh futbolchilar bor: Asensio, Lukas Vaskes, Mark Bartra yoki Morata. Ular uyda o'ynab, birinchi o'rinni saqlab qolishga urinishadi, shu sababli oson bo'lmaydi. Ammo Italiya terma jamoasiga 3 ochko kerak va durang bizga hech narsa bermaydi. Biz "Bernabeu"da g'alabaga erishmoqchimiz" - deydi Insine.
Ispaniya - Italiya uchrashuvi 2 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar